2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 27-aprel kuni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Xalqaro investitsiya forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. Tadbirda 2000 dan ortiq xalqaro biznes vakillari — kompaniyalar, fondlar rahbarlari, taniqli iqtisodchi va ekspertlar ishtirok etmoqda.

“Ikki davlat o‘rtasidagi aloqa, ularni ajratib turadigan 4000 km masofaga qaramay, yaqin kelajakda yanada yaqinroq va ahamiyatli bo‘ladi”, — dedi Marton Nad va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ekanini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, u iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining so‘nggi yig‘ilishida to‘qimachilik, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va kimyo sanoati sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilinganini ta’kidladi.

Shuningdek, Vengriya O‘zbekiston bilan sun’iy intellekt texnologiyalari va dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Rejalashtirilgan to‘qqizta investitsiya loyihasini amalga oshirish allaqachon boshlangan. Vengriya va O‘zbekistonni nafaqat ishbilarmonlik hamkorligi, balki shaxsiy do‘stlik ham bog‘lab turadi, — dedi Marton Nad.

Forum doirasida Marton Nad Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari muhokama qilindi, biznes va mintaqalar darajasidagi hamkorlikni tubdan kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

бuдапешт, reyslar

Yaqin oylarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, chuqurlashgan sanoat kooperatsiyasi uchun mo‘ljallangan tuzilma shartlarini tez fursatda kelishish va faoliyatini boshlash muhim ekani ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, transport va kommunikatsiyalar, samarali moliyaviy vositalarni yaratish borasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochilgan edi.

Fevral oyida Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Vengriya Toshkent yaqinida maxsus sanoat zonasi tashkil etayotganini, u yerda venger kompaniyalariga oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, atom sanoati va boshqa sohalarga sarmoya kiritish uchun alohida huquqiy maqom berilishini aytgan edi. Bundan tashqari, Vengriyaning eng yirik banki OTP O‘zbekistondagi Ipoteka-bankni sotib oldi.