Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

27-aprel kuni Xitoyning “Energy China Overseas Investment Division China Gezhouba Group Overseas Investment Co.,Ltd.” kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Muhokamalar uchrashuvi va bitim imzolash marosimida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.Artikov va Aksiyadorlik jamiyatining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha 2,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beruvchi ushbu ikki yirik loyiha yiliga 588 mln kub metr tabiiy gaz sarfini qisqartirish imkonini beradi.