Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini O‘zbekistonga olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga IIV Tezkor qidiruv departamenti matbuot xizmati.

Xususan, 7-yanvar kuni 1971, 1990 va 1998-yillarda tug‘ilgan 3 nafar Farg‘ona viloyatida yashovchi jinoiy guruh a’zolari Namangan viloyatining Qirg‘iziston bilan chegara hududidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan va Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida joylashgan xonadonga olib kelib yashirib qo‘yilgan 30 ming 200 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini ulgurji narxda 215 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

19-yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida, 1988-yilda tug‘ilgan shu tumanda yashovchi shaxs 2 million 800 ming so‘m pul evaziga 720 dona tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan vaqtda ushlangan. Uning yashash xonadonidan 15 ming 257 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan. Tadbirlar davomida chakana narxi 210 million so‘mlik jami 15 ming 977 dona dori vositalari tarqalishining oldi olingan.

26−28-yanvar kunlari o‘tkazilgan bir nechta tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahrida 5 nafar Samarqand va Jizzax viloyatlarida yashovchi shaxslardan 16 ming 108 dona “Tropikamid” va “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi. Ushbu dori vositalarini Namangan viloyatidan Toshkent shahriga olib kelgan 1992-yilda tug‘ilgan, Namangan viloyatida yashovchi I.I. 4 ming dona “Regapen” va 650 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 56 mln so‘m pul evaziga, 2002-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati yashovchi O.M. bilan birga kelib, sotgan vaqtida ushlandi.

26−28-yanvar kunlari o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Namangan viloyatidan Toshkent shahriga nazorat ostidagi dori vositalarini olib kelib tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 7 nafar jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Noqonuniy muomaladan qariyb bir milliard so‘mlik 20 ming 758 dona (shundan 15 mingdona “Zardeks”, 4 ming dona “Regapen” va 1 ming 758 dona “Tropikamid”) dori vositalari olindi.

1-aprel kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. 1986-yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida, yashovchi B.N. turmush o‘rtog‘i, 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, B E bilan birga Zangiota tumanida joylashgan “Bek baraka” savdo majmuasi avtoturargohida “maxsus xaridor”ga tarkibida “Sibutramin” nazorat ostidagi moddasi bo‘lgan turli xil savdo belgisi ostida ishlab chiqilgan jami 2 358 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi. Tadbir davomida B.N va E.B. tomonidan sotilgan narxi 25 000 000 so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

1-aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. 1990yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida yashovchi M A Chilonzor tumanida 69 dona “Regapen” va 3 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi. Davom ettirilgan tezkor ishlar natijasida M.A dori vositalarini, 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Yashnobod tumanida yashovchi B X dan olganligi aniqlandi. B.X Yunusobod tumani, Bodomzor mahallasida M.A.ga 70 dona “Regapen” dori vositasini sotayotgan vaqtida ushlanib, yonidan 78 dona “Regapen” preparatlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushlangan 7 nafar shaxsdan umumiy narxi 126 mln 595 ming so‘mlik jami 2 114 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.

7-aprel kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. 2003-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatida yashovchi T.Sh. va 1997-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatida yashovchi I.D. “Bek baraka” savdo majmuasida 1 600 AQSh dollari evaziga tarkibida “Sibutramin” nazorat ostidagi moddasi bo‘lgan turli xil savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan jami 1 200 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi. Bozor hududda ularga tegishli omborxonadan ham 10 082 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tadbir davomida Sh. T va D.Ilar tomonidan sotilgan va saqlab kelinayotgan jami narxi 169 230 000 so‘mlik 11 282 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

15-mart-18-aprel kunlari o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Jizzax va Samarqand viloyatlarida yashovchi shaxslar “Lasetti” rusumli avtomashinada Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasiga kelib, 3 500 AQSh dollari evaziga 3 000 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Tadbir davom ettirilib, Namangan viloyatidan Toshkent shahriga nazorat ostidagi dori vositalarini olib kelib tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 9 nafar jinoiy guruh a’zolari ushlanib, noqonuniy muomaladan umumiy narxi 919 mln 440 ming so‘mlik 20 758 dona dori vositalari olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Respublika hududiga olib kelish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 30 nafar shaxs ushlanib ulardan jami 75 ming 275 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.