O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
1 noyabr 2023, 18:38

O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2024-yilgi soliq o‘zgarishlariga ko‘ra, bir qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi, shakarli gazlangan ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shinalar uchun utilizatsiya solig‘i, og‘irligi 10 tonnadan ortiq yuk avtomobillariga yo‘l yig‘imi va boshqalar joriy etiladi.

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi
1 noyabr 2023, 18:05

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari — xayriya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti bilan uchrashish uchun Samarqandga bordi
1 noyabr 2023, 17:39

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti bilan uchrashish uchun Samarqandga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama sammit o‘tkaziladigan Samarqand shahriga bordi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
1 noyabr 2023, 16:20

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Iqboljon Ergashev Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Misr evakuatsiya uchun G‘azo bilan chegaradagi o‘tkazish punktini ochdi
1 noyabr 2023, 16:19

Misr evakuatsiya uchun G‘azo bilan chegaradagi o‘tkazish punktini ochdi

Misr evakuatsiya qilish uchun G‘azo sektori bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktini ochdi. 400 ga yaqin xorijlik hamda 90 ga yaqin og‘ir yarador hududdan olib chiqilishi kutilmoqda. Bir kun avval Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga aviazarba berishi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgandi.

O‘zbekistonda 2025-yildan yoshga doir pensiya tayinlashda hujjat talab etilmaydi
1 noyabr 2023, 15:09

O‘zbekistonda 2025-yildan yoshga doir pensiya tayinlashda hujjat talab etilmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bunda, 2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalar alohida murojaat talab etmagan holda, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli ma’lumotlariga asosan tayinlanadi.

Collins lug‘ati AI — “sun’iy intellekt”ni yil so‘zi deb topdi
1 noyabr 2023, 14:39

Collins lug‘ati AI — “sun’iy intellekt”ni yil so‘zi deb topdi

Collins English Dictionary tuzuvchilari yil so‘zi sifatida sun’iy intellekt (artificial intelligence)ning qisqartmasi bo‘lgan AI atamasini tanladi. Nepo baby, ultra-processed va debanking so‘zlari ham yil so‘zi uchun da’vogarlar orasida qayd etildi.

DXX raisining sobiq o‘rinbosari prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
1 noyabr 2023, 14:09

DXX raisining sobiq o‘rinbosari prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Shu kungacha DXX raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan G‘ayratulla Yoziyev O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur maslahatchining qolgan o‘rinbosarlari Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi bo‘yicha o‘z lavozimlariga qayta tayinlandi.

FHDYdan o‘tmagan shaxslarga nikoh o‘qish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
1 noyabr 2023, 13:08

FHDYdan o‘tmagan shaxslarga nikoh o‘qish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi nikohi FHDYda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosim o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitish ham shunday javobgarlikni keltirib chiqaradi.

O‘zbekiston va “Gazprom” energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladi
1 noyabr 2023, 12:58

O‘zbekiston va “Gazprom” energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida strategik memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, gaz ta’minoti va tashish, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidirish hamda qazib olish sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Uchinchi chorakda O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi
1 noyabr 2023, 12:23

Uchinchi chorakda O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra oltin xarid qilish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi. Markaziy bank ushbu davrda 7 tonna oltin sotib olgan.

O‘zbekistonning 2024-yilgi Davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
1 noyabr 2023, 12:19

O‘zbekistonning 2024-yilgi Davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2024-yilgi davlat budjeti loyihasini e’lon qildi. YAIM o‘sishi 5,6−5,8 foiz, inflyatsiya 8−10 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasini 3 foiz o‘rniga 4 foiz (52,5 trln so‘m) darajasida tasdiqlash taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi oshdi
1 noyabr 2023, 12:06

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi oshdi

1-noyabrdan mahalliy poyezdlar chipta narxlari ko‘tarildi. Xususan, yo‘lovchi poyezdlarida narxlarning tarif qismi 44 foizga, “Afrosiyob” elektropoyezdlariniki esa 60 foizga oshirildi.

Endi ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlar javobgarlikka tortiladi
1 noyabr 2023, 11:38

Endi ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlar javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish BHMning 30 baravarigacha (9,9 mln so‘mgacha) jarima yoki 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadigan bo‘ldi. Shuningdek, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzni tanib bo‘lmas darajada berkitish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Niyoz Xazratqulov Shirin shahriga hokim etib tayinlandi
1 noyabr 2023, 11:10

Niyoz Xazratqulov Shirin shahriga hokim etib tayinlandi

Niyoz Xazratqulov Sirdaryo viloyati Shirin shahriga hokim etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim bo‘lgandi.

O‘zbekistonda 2024-yil 38 ta kichik va mikro GES qurish rejalashtirilgan
1 noyabr 2023, 10:08

O‘zbekistonda 2024-yil 38 ta kichik va mikro GES qurish rejalashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda 2023-yil 20 ta, 2024-yilda 38 ta kichik va mikro GES qurish rejalashtirilgani, biroq ayrim loyihalar kechikayotgani aytildi. Viloyat hokimlari yaqin oylarda bu yilgi 20 ta stansiya ishga tushirilishi haqida axborot berdi.

Toshkentda 3 kishi Falastinni qo‘llash bo‘yicha noqonuniy mitingda qatnashgani uchun 15 sutkaga qamaldi
1 noyabr 2023, 09:54

Toshkentda 3 kishi Falastinni qo‘llash bo‘yicha noqonuniy mitingda qatnashgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha noqonuniy mitingda qatnashgani uchun kamida uch kishi 15 sutkaga hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari Samarqandda muzokara o‘tkazadi
1 noyabr 2023, 09:35

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari Samarqandda muzokara o‘tkazadi

1−2-noyabr kunlari Fransiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi, unda Emmanuel Makron va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokaralar hamda ikki davlat biznes-forumi o‘tkaziladi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi
1 noyabr 2023, 09:07

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi

Avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sirdaryoning Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Muborak va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlandi
1 noyabr 2023, 08:49

Muborak va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlandi

Muxtor Hayitmuradov Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga hokim bo‘ldi. U avval rahbarlik qilgan Nishon tumaniga esa qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hokim etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting