1-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.
Yig‘ilishda fondning xayriya aksiyalarini ommalashtirish maqsadida mehr-muruvvat ishlarini uyushtirgan, nogiron bolalarga yordam beruvchi “Yurak amri” loyihasiga boshchilik qilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) fond rahbari o‘rinbosari — “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
Uning loyihasi 2020-yilda O‘zbekistonda boshlangan pandemiya davrida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat tarqatish uchun tashkil topgan. 2022-yilning aprel oyida fond “Jannatdagi qasrlar 25+” loyihasi orqali 30 ta xonadon qurib, muhtojlarga topshirgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
May oyiga kelib xayriya fondi vaqtincha yopilgan. O‘shanda Sardor Rahimxon qaror ortidan xatolarni isloh qilib, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilinganini ta’kidlagandi.