Doping sababli butun umrga diskvalifikatsiya qilingan sportchilar
5 may 2021, 18:16

Doping sababli butun umrga diskvalifikatsiya qilingan sportchilar

Doping olamshumul g‘alabalarga olib kelishiga qaramasdan, chempionlarni uzoq muddatga, ba’zi hollarda butun umrga sportda ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin. Jahon sportida doping sababli umrbod diskvalifikatsiya qilingan eng mashhur sportchilar va o‘zbek sportchilari orasida taqiqlangan moddalarning aniqlanishi haqida qisqacha ma’lumotlar.

«Xalq nazorati» xizmati nima uchun kerak va u fuqarolarning qanday muammolarini hal qilishi mumkin?
5 may 2021, 13:59

«Xalq nazorati» xizmati nima uchun kerak va u fuqarolarning qanday muammolarini hal qilishi mumkin?

Fevral oyida Toshkent hokimiyati «Xalq nazorati» xizmatini ishga tushirdi. Shahar ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, loyiha o‘z samarasini ko‘rsatishga ulgurdi. Shunga qaramay, fuqarolarning muammolarini hal qilishda qiyinchiliklar ham mavjud. Loyiha rahbari Oybek Niyozov platformaning vazifalari, kamchiliklari va kelajakdagi rejalar haqida gapirib berdi.

Tramvay qo‘riqchilari
2 may 2021, 15:15

Tramvay qo‘riqchilari

Roppa-rosa besh yil oldin toshkentliklar tramvaydan — shaharning 115 yillik tarixining bir qismidan mahrum bo‘lishdi. Tramvayni Samarqandga ko‘chirib o‘tishdi, ammo uning qo‘riqchilari poytaxtda qolishdi. Abdimurat Shatursunov hayotining 30 yilini yengil temir yo‘l transportiga bag‘ishladi. U vagonda rafiqasini uchratdi, farzandining dunyoga kelishini nishonladi va tramvayning g‘ildiraklari ovozi ostida nafaqaga chiqishni xohlardi. Ammo g‘ildiraklar vaqtliroq to‘xtashdi. Shatursunov Toshkent tramvayini qay holatida eslaydi va nima uchun hali-hanuz jamoat transportiga xizmat ko‘rsatishda davom etyapti — Sabina Bakayeva reportajida.

Davlat tili atrofidagi bahslar — fact-checking
1 may 2021, 12:27

Davlat tili atrofidagi bahslar — fact-checking

Davlat tili to‘g‘risidagi bahs va munozaralarda turli xil xorijiy mamlakatlarning bu boradagi qonunchiligi va talablari misol qilib keltirilmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov ushbu davlatlar tajribasini fact-checking asosida tahlil qildi.

Ayiruvchi emas, birlashtiruvchi til lozim…
29 aprel 2021, 18:00

Ayiruvchi emas, birlashtiruvchi til lozim…

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat organlariga faqat davlat tilida murojaat qilish taklifi ma’qullanmaganligi ijtimoiy tarmoqlarda va deputatlar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Davlat tili maqomi bo‘yicha xalqaro tajriba, o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha sharoitlar va davlat tili mavqei to‘g‘risida — «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning maqolasida.

«Toshkent metrosi va ishonch sinonim so‘zlar edi» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda metro to‘xtab qolgani haqida
29 aprel 2021, 13:23

«Toshkent metrosi va ishonch sinonim so‘zlar edi» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda metro to‘xtab qolgani haqida

Toshkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Gazeta.uz» ushbu tvitlardan eng qiziqlarini to‘pladi.

«PSJ» — «Manchester Siti». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu
28 aprel 2021, 16:53

«PSJ» — «Manchester Siti». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu

28 apreldan 29 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

«Real Madrid» — «Chelsi». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu
27 aprel 2021, 15:57

«Real Madrid» — «Chelsi». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu

27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

Shaharni arvohga aylantirgan avariya — Chernobil AESidagi portlash tarixi
26 aprel 2021, 18:16

Shaharni arvohga aylantirgan avariya — Chernobil AESidagi portlash tarixi

Dunyo atom elektr stansiyasi tarixidagi eng yirik va og‘ir oqibatlarga olib kelgan texnogen avariya — Chernobil AESdagi portlash hisoblanadi. Hodisa oqibatida 200 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydon radioaktiv ifloslanish ta’siriga uchragan. Fojea oqibatida nurlanishning uzoq muddatli ta’siridan 4000 ga yaqin inson vafot etganligi aytiladi. Mudhish avariya haqida qisqacha tafsilotlar.

«O‘zbekistonda „Wall Street“ yaratmoqchiman». 7 ta universitetga grant yutgan Shahnoza Abdireymova bilan suhbat
25 aprel 2021, 16:11 1

«O‘zbekistonda „Wall Street“ yaratmoqchiman». 7 ta universitetga grant yutgan Shahnoza Abdireymova bilan suhbat

«Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar» loyihasi doirasida o‘zbekistonlik talabalarning xorijdagi hayoti, u yerdagi ta’lim tizimi, ularning boshidan o‘tgan sinovlar haqida so‘z boradi. Loyihaning dastlabki mehmoni — Moskvadagi Iqtisodiyot oliy maktabi talabasi nukuslik Shahnoza Abdireymova.

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?
23 aprel 2021, 18:02

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?

Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat — u qanday bo‘lishi kerak?
22 aprel 2021, 18:50

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat — u qanday bo‘lishi kerak?

Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning mohiyati va tamoyillari nimadan iborat? Nima uchun uni xayriyaga tenglashtirish mumkin emas va jamiyat uchun foydali bo‘lgan loyihalarini amalga oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li qanday? Bu haqida Malika Sharipova va Dilmurod Yusupovning maqolasida.

Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin
16 aprel 2021, 17:40

Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin

Bolalar mehnat bozorida muvaffaqiyatli raqobatlashishi uchun qanday ko‘nikmalar ularning sifatli o‘qishiga yordam beradi? Ota-onalar farzandlarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanishlari mumkin? Bola o‘qish vaqtini behuda o‘tkazmasligi uchun qanday qilib uni o‘qishga o‘rgatish mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar Leader School tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim mutaxassisi Liliya Muxametshinaning seminarida ko‘tarildi.

«Borussiya D» — «Man Siti», «Liverpul» — «Real». Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlariga prevyu
14 aprel 2021, 17:09

«Borussiya D» — «Man Siti», «Liverpul» — «Real». Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlariga prevyu

14 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari javob o‘yinlari doirasida «Borussiya Dortmund» — «Manchester Siti», «Liverpul» — «Real Madrid» jamoalari o‘rtasida futbol bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

Yuqori malakali mutaxassislarning ish topishi muammo bo‘lmaydi — JIDU rektori
14 aprel 2021, 16:29

Yuqori malakali mutaxassislarning ish topishi muammo bo‘lmaydi — JIDU rektori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov nima uchun JIDUda ko‘p yillar davomida korrupsiya rivojlanmaganligi, o‘quv jarayoni uchun talabalar beradigan «fidbek»ning muhimligi, zamonaviy mehnat bozorida kerakli ko‘nikmalar va bitiruvchilarning universitet hayotidagi o‘rni haqida. «Gazeta.uz» intervyusi.

«Chelsi» — «Portu», «PSJ» — «Bavariya». Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlariga prevyu
13 aprel 2021, 15:09

«Chelsi» — «Portu», «PSJ» — «Bavariya». Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlariga prevyu

13−14 aprel kunlari Yevropa Chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari javob o‘yinlari o‘tkaziladi. Bugun «Chelsi» — «Portu», «PSJ» — «Bavariya» jamoalari o‘rtasida futbol bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

Toshkent-Andijon yo‘lining narxini tadqiqotlar va tender aniqlaydi — Jahon banki
13 aprel 2021, 10:57

Toshkent-Andijon yo‘lining narxini tadqiqotlar va tender aniqlaydi — Jahon banki

Toshkent-Andijon pullik avtobomil yo‘lining narxi texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va uni qurish bo‘yicha xalqaro tender asosida belgilanadi, deya ta’kidladi Jahon banki vakili «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida. Aytilishicha, ushbu yo‘l foydalanishga topshirilganidan so‘ng Toshkentdan Andijonga sayohat vaqti taxminan 2 soatga qisqaradi.

Ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish — JSST tavsiyalari
12 aprel 2021, 18:46

Ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish — JSST tavsiyalari

Ramazon oyi paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. «Gazeta.uz» Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlarini taqdim etadi.

«OTMlarni foyda olish maqsadida ochish — yaxshi g‘oya emas» — Komiljon Karimov
12 aprel 2021, 09:30

«OTMlarni foyda olish maqsadida ochish — yaxshi g‘oya emas» — Komiljon Karimov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xususiy OTMlar uchun foyda olish masalasi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakmasligi, oliygohlar o‘rtasidagi raqobat uchun teng sharoitlar bo‘lishining ahamiyati va davlat OTMlarining asosiy ustunligi haqida gapirib berdi.

Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar
9 aprel 2021, 17:59

Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar

Dunyo metropoliteni tarixida ko‘plab avariyalar yuz bergan. Ularning ba’zilari texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ba’zilarida insonning katta xatosi sabab bo‘lgan. Metrolarda ro‘y bergan eng yirik 5 ta halokat haqida qisqacha ma’lumotlar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting