Ta’lim konsaltingi bo‘yicha xalqaro ekspert Liliya Muxametshina yaqinda Toshkentdagi Leader School tomonidan tashkil etilgan veb-seminarda oiladagi farzandlarning tanqidiy fikrlashini qanday rivojlantirish mumkinligi haqida gapirdi. Dunyo doimo o‘zgarib turadi, yurist, buxgalter va boshqa zamonaviy kasblar o‘nlab yillardan keyin “aqlli” qurilmalar va xizmatlar bilan almashtiriladi. Bu dunyoda qanday ko‘nikmalarga talab bo‘ladi, ota-onalar o‘z bolalari bilan muloqotda bo‘lib va bo‘sh vaqtlarini qiziqarli tashkil qilish orqali ularda ushbu ko‘nikmalarni qanday shakllantirishi mumkin? Liliya Muxametshinaning ushbu savollarga javoblari bizning qisqa sharhimizda.

Oilada tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

Agar bola savollar bermasa, tanqidiy fikrlash haqida unutsa bo‘ladi. Savollarning sifati haqida keyinroq gaplashamiz. Keling, avvalo bola oxirgi marta bizga qachon savol berganini eslaylik.

Aniqki, maktabgacha yoshdagi bolalar savol berishni yaxshi ko‘rishadi. Bu qiziqishdan dalolat beradi, bora-bora u aqlning qiziquvchanligiga, keyinchalik o‘z navbatida tanqidiy fikrlashga aylanadi. Ko‘p hollarda maktab hayoti boshlanishi bilanoq, savollar berilishi to‘xtaydi. Faqat javoblar yangraydi. Ammo bu holatda bolalar faqat yangi bilimlarning iste’molchisiga aylanishadi, ammo ular bilimlarning yaratuvchisiga aylanishi kerak.

Ota-onalarga savol: siz bolalaringizga savollar berasizmi? Bu ishni qilish juda muhim, chunki bolalar avvalo oilada, ota-onadan yoki aka-uka va opa-singillardan, va faqat keyin maktabda savol berishni o‘rganadilar.

Bolalar ota-onaning o‘zi qanday savol berayotganini, ularda aqlning qiziquvchanlik qobiliyatini ko‘rmasalar, ota-onalarning o‘zi bolalarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi mushkul bo‘ladi.

Bizga ijodiy fikrlash qiziqarli narsalarni yaratish, san’at, ijoddek tuyuladi. Aslida esa har bir inson, bola ijodiy fikrlashni rivojlantirishi kerak, chunki bu bog‘liqlik mavjud bo‘lmagan joylarda uni topishning qimmatli qobiliyatidir. Shuningdek, bu ko‘nikma bir vaziyat uchun ko‘plab javob variantlarini o‘ylab topish qobiliyatini va qayta o‘rganish, ishongan narsangizdan voz kechish va yangi narsalarni topish, o‘rganish qobiliyatini shakllantiradi.

Bilimning shunchaki o‘zi hech kimga kerak emas, chunki ham bilim, ham ko‘nikmaga ega bo‘lgan odamlar bor va kelajakda bolalarimiz aynan shunday odamlar bilan raqobatlashadilar. Ham bilim berilishini, ham ko‘nikma va qadriyatlarni rivojlantirishni ta’minlash muhimdir.

Farzandlarimizni mehnat bozorida nima kutmoqda?

Yaqin o‘n yilliklarda ko‘plab ijodiy bo‘lmagan kasblar — kassir, buxgalter, rieltor, sayohat agenti va boshqalar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Ish o‘rni uchun ishga yollashda raqobat kuchaymoqda. Biz doim yurist — bu zo‘r kasb deb bilganmiz. Yaqinda “Sberbank"da (Rossiya) 3000 ta yuridik maslahatchi ish o‘rinlari robotlar bilan almashtirilishi haqida yangiliklar paydo bo‘ldi. Juda zo‘r yurist bo‘lish va har doim bozorda talabgir bo‘lish mumkin. Ammo standartlashtirilgan maslahatlar beradigan yuristlar o‘rnini robotlar egallaydi.

Keyingi 10 yil ichida dunyoda ko‘plab kasblarda ish bilan band bo‘lganlar soni 35% dan 90% gacha kamayadi. Masalan, taksi haydovchisining ishiga — karshering rivojlanishi va kelajakda haydovchisiz transport vositalarining joriy etilishi bilan — bo‘lgan talab pasayadi, xuddi kurerning mehnati kabi, chunki postamatlarning paydo bo‘lishi bilan uy ostonasigacha yetkazib berish sezilarli darajada kamaydi.

Kotiblar funksiyalarining o‘rnini dasturlar, aqlli onlayn taqvimlar va ilovalar, pochta saralash vositalari muvaffaqiyatli ravishda egallaydi. Konchilar, yuk tashuvchilar, qadoqlovchilar, kassirlar, dispetcherlar, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari, kutubxonachilar, call-markazlari operatorlari, kopirayterlar, soqchilar, qo‘riqchilar, muzey zali nazoratchilari, gidlar — bu odamlarning mehnati mashinalar, dasturlar, kataloglar va ma’lumotlar bazalari, nazorat qilish tizimlari bilan almashtiriladi. Bu kasblar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, lekin taxminan 30−90% gacha qisqaradi. Shu bilan birga, sayyoramizdagi odamlar soni ko‘payib bormoqda va tobora ko‘proq odamlar ish o‘rniga muhtoj. Inson uchun yangi kasbni o‘rganish va o‘zini topishdan boshqa yo‘l qolmaydi.

Talab qilinadigan malakalarning xilma xilligi tendentsiyasi

Mehnat bozorida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lgan bitiruvchilarga talab kuchli? Kim qo‘llari bilan ishlab, har kuni bir xil ishni takrorlaydi? Bu qadoqlovchilar. Ularning ish kuni 8 soat, kun davomida 1500 ta keksni qadoqlash kerak. Muntazam qo‘l ishlarida ishchi bitta aniq harakatni amalga oshiradi, bir maket asosida har kuni nimadir ishlab chiqaradi.

Muntazam bo‘lmagan qo‘l ishлари — bu butun xizmat ko‘rsatish sohasi, masalan, manikyur ustasi, hamshira, oshpazning ishi. U turli xil taomlarni tayyorlaydi: hozir borsh, keyin tiramisu buyurtma qilishadi. Muntazam bo‘lmagan qo‘l ishlari — bu umumiy xizmat ko‘rsatish sohasi. Biz bu ishni robotlarga berishga tayyor emasmiz — uni odamlar qilishini xohlaymiz. Inson mahorati sababli bu kabi sohalar hali hanuz qadrli. Xudo yuqtirgan iste’dod sohibi har doim kasbi bilan qoladi.

Muntazam aqliy faoliyat — masalan, buxgalter, yuridik maslahatchi mehnati. Muntazam aqliy faoliyatni maktabga kelgan, o‘tirgan, o‘qituvchining mavzuni tushuntirishini kutgan, hamma narsani o‘rgangan, hamma narsani eslab qolgan bolalar amalga oshiradilar. Bu “yodlandi — amalga oshirildi” formatida o‘qiydigan bolalar. Ular buning chegarasidan o‘tmaydilar.

“Nima uchun hech narsa qilmay o‘ritibsan?” — “Siz menga nima qilishimni aytmadingiz”. Biz bolani ma’lumot bilan oziqlantirdik, u uning boshida “turdi” va ketdi, bu qisqa muddatli xotira.

Nima uchun bola maktabda nimanidir qilishni unutdi? Chunki miya butun kuchini eslab qolishga sarfladi. O‘z ustida ishlash emas, tushunish emas, anglash emas, o‘zi uchun rejalashtirish emas, faqat eslab qolish kerak.

Axborot qancha tez takrorlansa, uni eslab qolish istagi shunchalik pasayadi. Biz 30-marta “To‘shagingni to‘g‘irla”, “Bajar” deganimizda, miya “Men buni oldinroq eshitganman”, deb javob beradi. Gap shundaki, biz birinchi urinishdayoq kerakli harakatlarni ko‘nikmaga aylantirmadik.

Agar ong uyda rivojlanmasa, keyinchalik u ishni qanday qilish kerakligini aytishlarini kutadigan xodimlarga aylanadi. Agar ularga buni qanday qilish kerakligi aytilsa, ular buni qilishadi. Agar aksi bo‘lsa — “Axir siz aytmadingizku” deyiladi. Robot darslikdagi hamma narsani boladan ko‘ra yaxshiroq amalga oshirishi mumkin, tag‘in bola hammasini eslab qolmaydi ham. Shuning uchun, asosiy e’tiborni ko‘nikmalarga qaratish kerak.

Muntazam bo‘lmagan analitik faoliyat va shaxslararo ko‘nikmalar — bu turdagi malakalar, hozir ham, kelajakda ham kerak bo‘ladi.

Vaziyatga qarab o‘zgarib turadigan fikrlashni tasavvur qilamiz. Bola ma’lum bir vaziyatga tushib qoladi va u darhol kuzatishga, tahlil qilishga, ma’lumotlarni qayta ishlashga kirishadi, xulosalar chiqaradi, qarorlar qabul qiladi, mas’ulitga ega bo‘ladi. Bu tanqidiy fikrlash.

O‘sha muntazam bo‘lmagan analitik faoliyat, shuningdek, odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish. Yakkalangan kasblar yo‘q, yoki ular albatta yo‘q bo‘lib ketadi. Dastgohdagi bitta odamning, call-markazidagi operatorning o‘rni har doim bosilishi mumkin. Boshqalar bilan aloqaga kirisha oladigan va ishlay oladigan odamlarning o‘rnini bosib bo‘lmaydi.

Farzandlarimizga yetkazishimiz kerak bo‘lgan eng muhim tushuncha — ish joyiga odam qiymat keltirishi kerak; shundagina odam nafaqat daromad olishni, balki qiymat keltirishni ham boshlaydi. Asosiysi, odamning bu o‘rni qayerda ekanligini tushunishga yordam berish.

Вақт sarmoyalari va vaqtning xarajatlari


Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz.

Vaqt sarmoyalari yoki vaqtning xarajatlari — biz nimaiki qilsak hamma narsada mavjud. Bola chizgan surat yoki o‘ynagan o‘yini vaqt sarmoyasi bo‘lishi mumkin. Bola qabul qilayotgan ma’lumotni qayta ishlamasa, hatto o‘qish ham vaqtni yo‘qotish bo‘lishi mumkin.

Bolalar faqat bizdan o‘rnak olib o‘rganishadi. Bola kelajagining muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u qanday qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak? Biz ko‘p javob olamiz: “tanqidiy fikrlash”, “muloqotga kirishuvchanlik”, “moslashuvchanlik”, “qiziquvchanlik”, “mas'uliyatlilik”, “stressga chidamlilik” va boshqalar.

Ushbu barcha ko‘nikmalarni “To‘rt „K“” orqali aniqlash mumkin:

Kommunikatsiya, kollaboratsiya (hamkorlik), tanqidiy fikrlash (kriticheskoye мышлеniе), ijodiy fikrlash (kreativnoye mыshleniye) — har kuni ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirish ustida ishlansa, yaxshi bo‘lar edi. Quyidagi usullar ularni rivojlantirishga yordam beradi.

“Qarang — fikrlang — o‘ylaning” usuli

Uni maktabda emas, balki kundalik oilaviy muhitda ishlatish yaxshiroqdir, chunki o‘rganishdagi eng yaxshi narsalar tabiiy sharoitda sodir bo‘ladi. Bu qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

Agar siz hayvonot bog‘iga borib, bolangizdan: “Senga nima yoqdi, nimani ko‘rding?” deb so‘rasangiz va u sizga batafsil javob bera olmasa, demak, uning miyasi siz istagan yangi holatlarni eslab qolmagan. Xulosa chiqarish qobiliyati rivojlanmagan kattalar ham bor. Jamoa, rahbar, turmush o‘rtoq, pul bilan bo‘lgan munosabatlarda biz bir xil narsani boshdan kechiramiz. Bir xil vaziyatlar takrorlanaveradi va biz nimani o‘zgartirish kerakligini tushunolmaymiz.

Navbatda kutib turgan joyda bolangizga savollar bering:

  1. Nimani ko‘ryapsan?
  2. Bu haqda nima deb o‘ylaysan?
  3. Bu seni nima haqida o‘ylashga majbur qilyapti?

Ko‘rayotgan tafsilotlarni muhokama qilishni davom eting. Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantira turib, “Yana nima?” deb so‘rang.

“Bu haqida nima deb o‘ylaysan?”, “Qanday xulosa chiqarish mumkin?”. Miya xulosalarni ishlab chiqarishi kerak. “Demak, … qilish kerakmas”, “Demak, shunday… yo‘l tutish kerak”.

Bolada qanday savollar tug‘iladi? “Nega???”, “Bularning barchasi qancha davom etadi?”, “Agar qoidalar buzilsa, nima bo‘ladi?”, “Buni qanday qilib yaxshiroq qilish mumkin?”.

Bu taksida yurganda, ekskursiyalarda, mehmonga borganda, fotosuratlarni tomosha qilganda o‘ynash mumkin bo‘lgan o‘yin. Bolalar kam savol berishsa, bu ongning qiziquvchanligi u qadar rivojlanmaganligini anglatadi, buning ustida ko‘proq ishlash kerak. Bolalar bilan bu kabi suhbatlar tez-tez bo‘lib tursa, shuncha yaxshi bo‘ladi.

Ijodiy fikrlashni rivojlantirish usuli

[Oddiy plastik shisha]ni tavsiflovchi uch xil so‘z / iborani ayting. Aniq so‘zlarni ishlatmang: suv, shisha idish, yozuv, plastmassa, ko‘k, oq.


Har safar topshiriq berganingizda, darhol hamma biladigan, ijodiy bo‘lmagan so‘zlar va nomlarni chiqarib tashlang. Bola boshqalar ko‘rgan va boshqalar ko‘rmaydigan narsalarni ko‘rishni o‘rganishi kerak.

“Nima sovg‘a qilamiz?”, “Qanday tabriklaymiz?”, “Qayerga boramiz?”, “Matematikadan bahoni qanday tuzatamiz?”, “Qaysi kitobni o‘qiymiz?” (“Kuloyim”, “Alisa mo‘'jizalar mamlakatida"ni aytma, uni bir necha bor o‘qiganmiz”).

“Plastik idishdan buyum yasash kerak (vaza, qalam qutisi, raketa dema, o‘tgan gal yasaganmiz)”.

“Kun qanday o‘tdi?” (Yaxshi, yomon, o‘rtacha, dahshatli, odatiy degan javoblarni chiqarib tashlang).

Men ilgari shunday deb o‘ylar edim … Endi esa … deb o‘ylayman” usuli

Bunda biz refleksiyaga e’tibor qaratamiz. Tafakkur qilishni bilmagan bola maktabda ham, uyda ham o‘qimaydi. Uning miyasi yangi bilimlarni, taraqqiyotni, fikrlash o‘zgarishini muhrlashga o‘rganmagan.

Biz maktabdan qaytyapmiz, yoki toqqa boryapmiz yoki vrachlik punktidan chiqdik. “Aytchi, nima o‘zgardi”.

“Men ilgari piyozli bo‘g‘irsoqlar mazali emas deb o‘ylardim. Bugun esa buvimnikida mehmonda men ularni yedim va ular juda mazali edi. Mana, ularni qanday pishirish kerak”.

“Ilgari men yo‘lbarslar faqat sariq qora chiziqli bo‘lishadi deb o‘ylardim. Endi men ularning oq rangli va qora chiziqlar bilan ham bo‘lishini bilaman”.

Kommunikatsiya va hamkorlik

Ota-onalar uchun bolaning ko‘p do‘stlari bor-yo‘qligini, ular bilan qanchalik tez-tez uchrashib turishini, ular bilan yurishini, tinglashni bilishini, muzokara olib borishini, tashabbus ko‘rsatishini, murosaga kelishga tayyorligini kuzatish muhimdir.

Besh “P” konsepsiyasi mavjud. Purpose— “maqsad”, passion— “ehtiros”, people-“jamoat”, process — “jarayon”, performance — “natija”. Agar bizda ushbu besh “P” bo‘lsa va biz buni bolalarimizga o‘rgatsak, ularda hammasi yaxshi bo‘ladi.