Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov (ushbu lavozimda 2020 yil sentyabr oyidan boshlab) «Gazeta.uz»ga bergan intervyusining ikkinchi qismida studentlar beradigan «fidbek»ning muhimligi va u korrupsiyaga qarshi kurashda qanday yordam berishi, nima uchun JIDUda ko‘p yillar davomida korrupsiya rivojlanmaganligi, talabalar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va bitiruvchilar bilan aloqani saqlab qolishning ahamiyati haqida gapirdi.

Tanqidiy fikrlash va o‘qituvchilar obro‘sining ahamiyati haqida

Tajribamdan kelib chiqib, aytishim mumkinki, talabalar sinfiga kirgan kishi yoki o‘qituvchi intellektual jihatdan obro‘ga ega bo‘lishi lozim. Kishi dars berayotgan masalasida ekspert bo‘lishi kerak. Biz o‘z yo‘nalishlaridagi eng kuchli mutaxassislarni jalb qilishimiz kerak.

Ammo, shu bilan birga, ular «haqiqatning yagona manbai» bo‘lib qolmasligi kerak. Men talabalar tanqidiy fikrlashi tarafdoriman. Talaba eshitgan va ko‘rgan har qanday ma’lumot, nazariya, tushuncha, voqea yoki hodisani gumon ostiga olishi kerak. Ya’ni, o‘ziga «Bu nima uchun sodir bo‘layapti?» deb savol berishi va jarayonning mohiyatini tushunishga harakat qilishi kerak. Bu tanqidiy fikrlashning asosidir.

Bu talabalarga bilim va ma’lumotlardan tashqari bera oladigan eng qimmatli ko‘nikma bo‘ladi. Zamonaviy ta’limning muhim vazifasi talabalarni tanqidiy fikrlashga, to‘g‘ri savollar berishga va ularga javob topishga o‘rgatishdir.

Talabalar beradigan «fidbek»ning ahamiyati

Talabalar universitetning asosiy steykxolderlaridan (stakeholders) biri hisoblanadi. Steykxolderlar — u yoki bu tashkilotga bevosita aloqador odamlardir. Talabalarning o‘quv jarayoni va universitetda yaratilgan sharoitlar haqidagi fikrlari («fidbek») juda muhim.

«Fidbek» olish tizimi universitet ma’muriyati va talabalar o‘rtasida ishonchli munosobatni mustahkamlashga ham yordam beradi.


Men shaxsan talabalar bilan uchrashaman. JIDU rektori etib tayinlanganimda, men talabalar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdim, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashdim. O‘shanda biz pandemiya sababli biroz cheklangan shaklda uchrashdik, ko‘pgina talabalar onlayn shug‘ullanardi. Ammo keyin imkon paydo bo‘lganda, biz bunday uchrashuvlarni kengroq formatda o‘tkazdik.

Ikkinchidan, men o‘zim ma’lum maqsadda talabalarga dars beraman. Bu menga talabalar bilan bevosita aloqada bo‘lish imkoniyatini beradi. Albatta, bu 100 ga yaqin talabadan iborat kichik bir guruh, lekin ular ham qaysidir darajada barcha universitet talabalarining vakili hisoblanadi. Bu ham atrofdagi voqealardan hamisha xabardor bo‘lish va fikr-mulohazalar olish imkonini beradi.

Shuningdek, universitetdagi vaziyatga ob’ektiv baho berish uchun universitet tomonidan tizimli ravishda talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnomalar o‘tkaziladi — talabalar «fidbeki». Bu bizga o‘qitish sifatini, universitetdagi ma’naviy muhitni, shuningdek infratuzilma holatini baholashga yordam beradi.

Nima uchun JIDUda korrupsiya rivojlanmaganligi va boshqa OTMларда u bilan qanday kurashish mumkinligi haqida

Tashkil topganidan buyon universitetda shunday bir muhit va madaniyat shakllanganki, bunday hodisalarga nisbatan toqatsizlik mavjud.

Birinchidan, buning uchun rahbariyatning irodasi bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligida boshqaruv qarorlarini rahbarlar qabul qilishadi.

Ikkinchidan, talabalarning «fidbek» tizimiни yaratish kerak. Korrupsiya holatlarini qanday fosh qilish mumkin? Qachonki, u yoki bu talaba bu masalani ko‘tarsa. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan «fidbek» tizimi korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga yordam beradi.

Oliy ta’lim tizimida ishlaydigan odamlarni moddiy rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega. So‘nggi 4 yil ichida ayniqsa professor-o‘qituvchilarning maoshlari oshirildi.

Korrupsiya holati qayerda paydo bo‘lishi mumkin? Masalan, talabalarning ishini baholash paytida bahosidan norozi bo‘lgan talaba uni ko‘tarishni xohlashi mumkin. Inson omilini bunday holatlardan chiqarib yuboradigan juda oddiy mexanizmlar mavjud, bu qo‘shimcha nazorat. Ulardan biri — bu depersonilazatsiya. Har bir talabaning o‘z identifikatsiya raqami bo‘ladi, tekshiruvchi o‘qituvchi esa talabaning familiyasi va ismini bilmaydi.

Yoki bitta ishni ikki yoki uch kishi tekshiradi. Tekshiruvchi bahoni oshirib qo‘ysa undan tashqari yana boshqa nazoratchilar borligini biladi. Agar baholarda katta farq bo‘lsa, tabiiyki, savollar tug‘iladi.

Dress-kodning ahamiyati

Kiyinish tartibi ko‘proq insonning shaxsiy estetikasi va intizomi bilan bog‘liq. Dunyo bo‘ylab barcha OTMlarda ma’lum darajada dress-kodlar mavjud.

Ehtimol JIDUda kiyinish qoidalari qat’iyroqdir, ammo barcha talabalar bir xil kiyim kiyishlari kerakligini ko‘rsatuvchi birorta ham standart yo‘q. Bunda biz baribir ham xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar tayyorlayotganimizdan kelib chiqishimiz kerak.

Ammo men dress-kod talabalar o‘zlashtirishiga yoki ularning akademik yutuqlariga qandaydir ta’sir o‘tkazadi deb o‘ylamayman. Men o‘z baholarimni dalillar bazasiga asoslashga moyilman. Men to‘g‘ri deb hisoblagan har bir narsada dalillar bazasi bo‘lishi kerak. Dress-kodning talabalar akademik ko‘rsatkichlariga ta’siri haqidagi tadqiqotlarni hali uchratmadim, ehtimol ular mavjuddir. Buni baholash biroz qiyin.

Amaliyotchilarni ўқish jarayoniga jalb qilishning ahamiyati

Amaliyotchilarning akademik muhit bilan o‘zaro aloqa qilishi — bu mutaxassislarni tayyorlashga ta’sir qiluvchi juda muhim omil. Toshkentdagi Vestminster universitetida (Komiljon Karimov 2015—2020 yillarda unga rahbar bo‘lgan — tahr.) biz bunga ko‘proq e’tibor qaratardik, iloji boricha kadrlar tayyorlanadigan sohalar mutaxassislari bilan maslahatlashardik, ularni o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqishga, shuningdek o‘quv jarayoniga jalb qilardik.

JIDUda bu borada ish yo‘lga qo‘yilgan, bizda, birinchidan, o‘qituvchilar tarkibida TIV tizimida katta amaliy tajribaga ega mutaxassislar bor. Ammo biz faqatgina vazirliklar, idoralar yoki ba’zi bir yirik tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni emas, balki chet el vakillari, chet davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini ham bir yoki ikki ma’ruzalarga jalb qilamiz.

Bundan tashqari, bizda qisqa muddatli mehmon ma’ruzalari mavjud. Talabalar uchun ma’lum bir o‘quv kursiga emas, balki ma’lum bir mavzu bo‘yicha amaliyotchilarni qisqa vaqtga jalb qilish juda muhim.

Magistraturaga qabul shartlarining o‘zgargaни to‘g‘risida

O‘zbekistonda 3−4 yil oldin, agar siz «Xalqaro munosobatlar» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni tugatgan bo‘lsangiz, turdosh yo‘nalish bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kirishingiz mumkin emas edi. Siz bu yog‘iga endi xalqaro huquq yoki iqtisodiyot bo‘yicha o‘qishga kirolmasdingiz. Bugun bunday cheklovlar va talablar yo‘q. Ma’lum yo‘nalish bo‘yicha tayanch oliy ma’lumotga ega bo‘lishingiz shart emas.

Ko‘p hollarda chet davlatlarda talabalar magistr darajasiga ikkinchi oliy ma’lumot sifatida qarashadi. Bitta ixtisoslik bo‘yicha bakalavrda boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lgan va shu mutaxassislik bo‘yicha magistraturani davom ettiradigan odamlar juda kam uchraydi. Odatda, chet el amaliyotida talabalar o‘z bilimlarini boyitish imkoniyatini beradigan yo‘nalishni tanlaydilar. O‘zbekistonda bunday qarorning qabul qilinganligi to‘g‘ri yondashuv bo‘ldi.

Bitiruvchilarga zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida

Bugun mehnat bozorida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu texnologiyaning va sun’iy intellektning rivojlanishi bilan ham bog‘liq. Shunday sohalar borki, unda odam deyarli siqib chiqariladi. Savol tug‘iladi. Ertaga mehnat bozori qanday bo‘ladi? Sun’iy aql yoki robotlashtirish odamlarning o‘rnini bosmaydimi? Butunlay o‘rnini bosadi deb o‘ylamayman. Ushbu jarayon 100 yil oldin boshlangan, bizga ma’lumki, birinchi konveyerlar ishga tushirilganda, xuddi shunday xavotirlar bo‘lgan, ammo bu sodir bo‘lmadi.

Yangi kasblar paydo bo‘lmoqda yoki insonning roli zarur bo‘lgan kasblar yo‘qolib ketayotgani yo‘q. Masalan, pedagogika. Bunda jarayonni insonsiz tasavvur qilish juda qiyin. Yoki ijodiy sohalar. Bunda insonning roli shubhasiz muhim bo‘lib qoladi.

Agar siz yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlasangiz, tabiiyki, ularga talab katta bo‘ladi. Va ularni ish bilan ta’minlash masalasi muammo bo‘lmaydi.


Talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida nafaqat amaliyot o‘tash, balki ishlash imkoniyatiga ham ega. Bu ularga amaliy ko‘nikmalarni beradi. Universitetda olgan bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlaydilar, bu esa ish bilan ta’minlanishda juda muhim.

Fundamental bilimlardan tashqari, zaruriy bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim. Bu yumshoq ko‘nikmalardir (soft skills). Bu tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va aloqa, o‘zini taqdimot qilish, jamoada ishlash va moslashuvchanlik ko‘nikmalaridir.

Ba’zi mutaxassislar yumshoq ko‘nikmalarning o‘zi yetarli, agar inson xohlasa, qolgan hammasini o‘rganishi yoki o‘qib olishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Men, bu to‘g‘ri yondashuv deb o‘ylamayman. Har qanday ta’lim muassasasi hard skills yoki texnik ko‘nikmalarni berishi kerak, bu esa soft skillsga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda aniq muvozanat bo‘lishi kerak va bu muvozanat u yoki bu tomon foydasiga og‘ib ketmasligi lozim.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashда OTMlarning mas’uliyati haqida

Biror bir OTM o‘z bitiruvchilariнинг 100% ish bilan ta’minlanishiga kafolat bera oladi deb o‘ylamayman.

Bu yil JIDUni 300 ga yaqin talaba bitiradi va ularni ishga joylashtirish katta muammo bo‘lmaydi. Ammo 5−6 ming talaba bitiradigan OTMlar bor va ular barcha bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashi imkonsiz.

Mehnat bozoriga qarash kerak — bu kadrlarga ehtiyoj bormi. Hozir pandemiya paytida davlatning tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda. Yoki maktab o‘qituvchilari hozirda oliy ma’lumotli bo‘lishi lozimligi masalasi ko‘tarilmoqda. Tabiiyki, pedagogik yo‘nalishdagi kadrlar tarkibiga bo‘lgan ehtiyoj bir necha barobar ortadi. Davlat ularni kafolatli ish bilan ta’minlay oladi.

Ish topish bitiruvchilarning o‘zlarining ham vazifasidir. Ular o‘z kelajagini ko‘rishlari va talab bo‘ladigan mutaxassislikni tanlashlari lozim.

Xalqaro miqyosda tan olingan ko‘rsatkich mavjud: talabalarning bitiruvdan keyingi dastlabki olti oy ichida ish bilan ta’minlanishi. Men Vestminster universitetida ishlaganimda, bu ko‘rsatkich birinchi olti oyda 90% gacha ko‘tarilardi. Tabiiyki, buni asosan talabalarning o‘zi amalga oshirardi. Ammo, universitetda talabalarga ishga joylashishda yordam beradigan Kareraga ko‘maklashish markazi kabi ma’lum xizmatlar mavjud edi.

«Brain Drain» to‘g‘risida

Kadrlarning mamlakatdan chiqib ketishi masalasi hamma joyda, deyarli butun dunyoda bor. Globallashuv bunga o‘z hissasini qo‘shadi. Globallashuv nima? Bu mobillik. Shu jumladan, akademik sohada ham o‘qituvchilar, professorlar va tadqiqotchilar mamlakatdan mamlakatga ko‘chib ketishadi. Bu ob’ektiv haqiqat. Biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi, vaziyatni o‘zgartirish juda qiyin bo‘ladi. Bu odamga moddiy jihatdan qayerdadir yaxshiroq bo‘lgani uchun yoki biror joyda yaxshiroq rag‘batlantirilgani uchun sodir bo‘lmaydi, yo‘q. Bu insonning yangi narsani sinab ko‘rish bo‘yicha tabiiy istagi.

Bu, ayniqsa, ilmiy muhitda, tadqiqotchi chet eldagi hamkasblari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishni, u yerda ishlashni xohlashi bilan bog‘liq. Agar bu holat ommaviy xususiyatga ega bo‘lsa, albatta bu muammo. Ammo, agar bu qaytariladigan holat bo‘lsa, ya’ni, odamlar ma’lum vaqtga ketib, yaxshi tajriba, yangi bilimlar, ko‘nikmalar va aloqalarni orttirib, mamlakatga qaytib, mamlakat farovonligi uchun ishlashsa, bu ham ijobiydir.

Bitiruvchilar bilan aloqani saqlab qolishning ahamiyati

Universitetning obro‘si va mavqeini ko‘p jihatdan aynan bitiruvchilar yaratadi. Ish beruvchilar OTMni ishlashga kelgan битирuвчилариga qarab baholaydilar. Ularning universitet hayotidagi ishtiroki juda muhim. Professional nuqtai nazardan, bitiruvchilar kuchli resurs hisoblanadi. Ular talabalarning hozirgi авлодиgao‘zlarining bilim va ko‘nikmalaridan ulashib, ruhlantirishi mumkin.

Bir yilda o‘qishni tugatgan bitiruvchilar o‘rtasida gorizontal aloqalar mavjud. Afsuski, vertikal aloqa yo‘q. Universitetning vazifasi bitiruvchilarning turli avlodlari o‘rtasida ham o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishi uchun aynan shu vertikal aloqani yaratishdir. Ma’lum bir ma’noda, bu ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitining bir turi. Bu bitiruvchilar uchun yaxshi netvorking maydoni hamdir.

Bugungi kunda JIDU bitiruvchilari deyarli barcha sohalarda, shu jumladan turli idoralar va vazirliklar rahbarlari orasida hokimliklar darajasida ishlashadi. Hozir biz bitiruvchilar assotsiatsiyasini yaratish ustida ishlayapmiz, bundan oldin ham urinishlar bo‘lgan, ammo ular muvaffaqiyatsiz tugagan. Biz bitiruvchilarni o‘zini jalb qildik va tashabbusni ularning qo‘llariga topshirdik. Ular buni katta ishtiyoq bilan qabul qilishdi.

JIDU bitiruvchilari haqida

Biz xalqaro faoliyat, shu jumladan iqtisodiy va huquqiy faoliyat uchun va shu kabi xalqaro munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlaymiz. Eng kam talabalarimiz Xalqaro munosabatlar sohasida. Ehtimol, buning ham oddiy sababi bordir: халқаро munosabatlar bo‘yicha mutaxassislarga hozircha katta ehtiyoj sezilmasa kerak.

Ha, JIDU bitiruvchilari Tashqi ishlar vazirligiga kamroq ishga kirgan vaqtlar bo‘lgan. Ammo, 2019 yil hisobotlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga ishga kirgan bitiruvchilar soni sezilarli darajada oshdi. 2020 yilgi statistika pandemiya sababli biroz pasaygan.

JIDU — Tashqi ishlar vazirligining bevosita tarkibiy bo‘linmasi. Biz vazirlik bilan barcha yo‘nalishlarda juda yaqin hamkorlik qilamiz: kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ish bilan ta’minlash. Hozirda biz vazirlikning o‘zida, shuningdek chet eldagi diplomatik vakolatxonalarimizda amaliyot o‘tashga yuboriladigan yuqori kurs talabalari sonini ko‘paytirish ustida ish olib bormoqdamiz.

Ammo barcha bitiruvchilar TIV tizimiga kiradi deb kutish noto‘g‘ri va buning sababi u yerdaги ish ўринлариning yetishmasligi эмас, balki shunchaki har kimning o‘z orzu-umidlari va istaklari bor. Kimdir xalqaro tashkilotda yoki boshqa bir vazirlik yoki idorada ishlashni xohlaydi yoki o‘zini tijorat tizimida ko‘radi.

Komiljon Karimov o‘z intervyusining birinchi qismida ta’limda sohasidagi raqobat uchun teng sharoitlarning ahamiyati, davlat universitetlarining ilmiy salohiyati, «kontrakt» miqdorining oshirlish sabablari va nima uchun xususiy OTMlar foyda olishga ustuvor ahamiyat berishi kerakmasligi borasida o‘z mulohazalari bilan bo‘lishdi.