Iqtisodiyot

DXXning Toshkentdagi sobiq binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi quriladi
1 mart 2023, 21:08

DXXning Toshkentdagi sobiq binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi quriladi

Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan Toshkentda o‘z mehmonxonasini qurish bo‘yicha bitim imzoladi. 22 qavatli majmua «Brodvey»da, DXXning sobiq binosi o‘rnida barpo etiladi.

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizimini yaxshilashga kredit ajratdi
1 mart 2023, 20:29

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizimini yaxshilashga kredit ajratdi

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish samaradorligini oshirish uchun qariyb 200 mln dollar miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 118 ta eskirgan nasos stansiyalari yangi jihozlar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilinadi.

«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi
1 mart 2023, 17:38

«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan «Turkistonbank» bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 1-martdan boshlamaydi — Energetika vazirligi
1 mart 2023, 15:09

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 1-martdan boshlamaydi — Energetika vazirligi

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi 1-martdan boshlanmaydi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ishchi guruhlar imzolangan “yo‘l xaritasi” doirasida o‘rganishni davom ettirmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 395 so‘mgacha ko‘tarildi
1 mart 2023, 10:26

Banklarda dollarning sotish kursi 11 395 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 1 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 335 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 395 so‘m.

O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha harakatlar rejasini kelishib oldi
28 fevral 2023, 18:47

O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha harakatlar rejasini kelishib oldi

O‘zbekiston va Pokiston savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish uchun savdogarlarni qo‘llab-quvvatlash vositalarini joriy etish, avtomobil va tranzit tashish tartib-qoidalarini uyg‘unlashtirish hamda ikki davlat o‘rtasida elektron tijoratni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan harakatlar rejasini kelishib oldi.

MB sanksiyalar va eksportga oid taqiqlar bilan bog‘liq xatarlar sabab bir qator banklarni ogohlantirdi
28 fevral 2023, 17:41

MB sanksiyalar va eksportga oid taqiqlar bilan bog‘liq xatarlar sabab bir qator banklarni ogohlantirdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan O‘zmilliybank, Mikrokreditbank, Aloqabank, Turonbank, Qishloqqurilishbank, Asakabank, Kapitalbank, Anorbank va Ravnaq-bank yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ogohlantirildi.

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi
28 fevral 2023, 12:11

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlangani haqida xabar berdi. Redline liniyasi uslubida ishlab chiqilgan avtomobillar 3 ta komplektatsiyada taqdim etilib, 334,8 mln so‘mdan 374,1 mln so‘mgacha (QQSsiz) sotiladi.

Banklarda dollar kursi tushdi
28 fevral 2023, 09:57

Banklarda dollar kursi tushdi

Tijorat banklari 28 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.

2023-yilda xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi
28 fevral 2023, 09:45

2023-yilda xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda 2023-yilda hududlarda 18 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi ta’kidlandi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda
27 fevral 2023, 21:29

Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

Uzbekistan Airways 26 martdan Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Toshkent — London — Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshadi
27 fevral 2023, 18:17

O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshadi

O‘zbekistonda 1 martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llanishi muddati tugaydi. Shu kundan boshlab ushbu yoqilg‘i narxining oshishi kutilmoqda.

Qozog‘iston martda «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishini boshlamoqchi
27 fevral 2023, 18:13

Qozog‘iston martda «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishini boshlamoqchi

Qozog‘iston 2023 yilda O‘zbekistondan Qozog‘iston orqali Rossiyaga o‘tuvchi «Buxoro-Ural» gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 95,6 mln dollarga baholangan.

Soliq ilovasida keshbek olish uchun endi Face ID talab qilinadi
27 fevral 2023, 14:55

Soliq ilovasida keshbek olish uchun endi Face ID talab qilinadi

Endi «Soliq» mobil ilovasida keshbek olish uchun Face ID bo‘yicha identifikatsiyadan o‘tish talab qilinadi. Ilgari faqat 500 000 so‘mdan ortiq mablag‘ni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi.

Toshkentda iqtisodchi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi
27 fevral 2023, 13:30

Toshkentda iqtisodchi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi

17-mart kuni Toshkentdagi Intercontinental Hotel Tashkent mehmonxonasida britaniyalik olim, Chikago universiteti professori Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbirda uning hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Ozarbayjon bilan 500 mln dollarlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi
27 fevral 2023, 13:03

O‘zbekiston Ozarbayjon bilan 500 mln dollarlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 11 ta hujjat imzolandi. Tomonlar loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun $500 mlnlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etishga kelishib oldi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 405 so‘mgacha ko‘tarildi
27 fevral 2023, 09:47

Banklarda dollarning sotish kursi 11 405 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 27 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.

Ukrainadagi urush global iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
25 fevral 2023, 18:38

Ukrainadagi urush global iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Ukrainadagi urush insoniy yo‘qotishlarga, gumanitar inqirozning chuqurlashishiga, oziq-ovqat va energiya shoklariga sabab bo‘ldi, global o‘sishni sekinlashtirdi. «Gazeta.uz» Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan urushning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rgandi.

Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ham subsidiya beriladi
25 fevral 2023, 12:33

Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ham subsidiya beriladi

1 martdan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi. Shuningdek, xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashadi.

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda
24 fevral 2023, 17:16

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda

O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting