UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlangani haqida xabar berdi. Model avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik do‘konlaridagina sotiladi.

Narxlar (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz):

  • Malibu XL 1LT — 334 822 000 so‘m;
  • Malibu XL 2LT — 348 215 000 so‘m;
  • Malibu XL LTZ — 374 108 000 so‘m.

malibu xl, uzauto motors, нархлар

QQS bilan hisoblasa:

  • Malibu XL 1LT — 375 000 640 so‘m;
  • Malibu XL 2LT — 390 000 800 so‘m
  • Malibu XL LTZ — 419 000 960 so‘m.

Malibu XL 237 ot kuchiga ega 2 litr hajmli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Maksimal aylanish momenti 350 NM ga teng. Avtomobil trassasida sedanning yonilg‘i tejamkorligi 100 kilometrga 6,7 litrgacha yaxshilangan.

malibu xl, uzauto motors, нархлар

Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol FCA va CIB tizimi to‘qnashuv haqida ogohlantiradi va uning oldini oladi, shuningdek, piyodalarni aniqlash tizimi PAEB boshqaruvda xavfsizlikni ta’minlaydi.

Avtomobilning yangi versiyasi yon oynalarida qizil chiziq bor, interer ham Redline liniyasi uslubida bezatilgan. Radiator panjarasi qora Chevrolet logotipi bilan Black Piano uslubida bezatilgan.

malibu xl, uzauto motors, нархлар

LKA avtomobilni harakatlanish qatorida ushlab turadi, LDW yo‘l chizig‘ini bosganlik yoki undan chiqib ketganlik to‘g‘risida ogohlantiruvchi tizimi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tasodifiy yo‘l-transport hodisalari xavfi oldini oladi.

malibu xl, uzauto motors, нархлар

Avtomobildagi AQS havo sifatini tavsiflovchi datchik yaqin atrofdagi avtomobillardagi chiqindi gazlarni aniqlaydi va ularning salonga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.