Iqtisodiyot

Xitoyning CEEC kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh FESlarini quradi
15 fevral 2023, 20:23

Xitoyning CEEC kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh FESlarini quradi

Xitoyning China Energy Engineering Corporation kompaniyasi Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini quradi. Ularning birinchisi shu yil oxirigacha ishga tushirilishi kutilmoqda.

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga oshdi
15 fevral 2023, 10:24

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga oshdi

Tijorat banklari 15 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 305 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 415 so‘m.

Elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, davlatga jami 618 mln so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
15 fevral 2023, 09:55

Elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, davlatga jami 618 mln so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Zangiota, Narpay, Urganch tumanlari va Qarshi, Xonobod shaharlarida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga 618 mln so‘m zarar yetkazish holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha sekinlashadi — S&P
14 fevral 2023, 18:17

O‘zbekistonda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha sekinlashadi — S&P

S&P 2023 yilda Ukrainaga qarshi urush va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi fonida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 5 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.

Banklarda dollar kursi yana ko‘tarildi
14 fevral 2023, 09:58

Banklarda dollar kursi yana ko‘tarildi

Tijorat banklari 14 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 275 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 385 so‘m.

«Kvars» kompaniyasining davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi
13 fevral 2023, 17:07

«Kvars» kompaniyasining davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi

Shisha qadoqlari, listlar va bankalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Kvars» AJdagi qariyb 90 foiz aksiyalar paketi 265 mlrd so‘mga «Quvasoysement» AJga sotildi.

Iqtisodchi poytaxtning 2023-yilgi budjeti qo‘shimcha manbalari taqsimotini tanqid qildi
13 fevral 2023, 10:52

Iqtisodchi poytaxtning 2023-yilgi budjeti qo‘shimcha manbalari taqsimotini tanqid qildi

Iqtisodchi Otabek Bakirov 2023-yil uchun Toshkent budjetining qo‘shimcha daromadlari taqsimotini tanqid qildi. Xususan, moliyalashtirishdagi muammo, kurashga pul ajratish davom etayotgani, maktablar ta’mirlanishidagi katta farqni ta’kidlab, “budjetni osmonga sovurishda davom etamizmi?” degan savol bilan yuzlandi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 395 so‘mgacha tushdi
13 fevral 2023, 10:00

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 395 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 13 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 395 so‘m.

Soliq qo‘mitasi QQS to‘lash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi
13 fevral 2023, 09:47

Soliq qo‘mitasi QQS to‘lash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi

Soliq qo‘mitasi 1 oktabrgacha intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazadi. Bu firibgarlik sxemalardan foydalanib, asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi.

«Sogdiana trans» Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘liga yana 2 yil xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldi
12 fevral 2023, 09:35

«Sogdiana trans» Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘liga yana 2 yil xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldi

Termizda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Yangi kelishuvga ko‘ra, «Sogdiana Trans» yana 2 yil mazkur temir yo‘lga xizmat ko‘rsatadi.

Idoralararo tarif komissiyasiga iqtisodiyot va moliya vaziri rahbar bo‘ldi
11 fevral 2023, 14:38

Idoralararo tarif komissiyasiga iqtisodiyot va moliya vaziri rahbar bo‘ldi

O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasiga tariflarni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev rahbar etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallab kelayotgan edi.

Jizzaxda quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
11 fevral 2023, 09:31

Jizzaxda quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Jizzaxda 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Jumladan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi quriladi. Buning hisobiga 236 mln kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejalishi aytildi.

Turkiyadagi zilzila O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
11 fevral 2023, 08:55

Turkiyadagi zilzila O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Turkiyada zilzila oqibatida iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Iqtisodchi va “Gazeta.uz” kolumnisti Mirkomil Xolboyev Turkiyaga eksport va pul o‘tkazmalari hajmida kutilayotgan qisqarishning O‘zbekiston YAIM o‘sishiga potensial ta’sirini tahlil qiladi.

Samarqandda elektr energiyasi hisobini sun’iy kamaytirib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkor aniqlandi
10 fevral 2023, 16:30

Samarqandda elektr energiyasi hisobini sun’iy kamaytirib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkor aniqlandi

Toyloq tumanida tadbirkor elektr ta’minoti korxonasiga foydalangan elektr energiyasining sun’iy kamaytirgan hisobotlarini taqdim etib kelgani aniqlandi. Unga belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Tayyor mebel yasab, eksport qiluvchi tadbirkorlarga ijara haqining bir qismi qoplab beriladi
10 fevral 2023, 15:57

Tayyor mebel yasab, eksport qiluvchi tadbirkorlarga ijara haqining bir qismi qoplab beriladi

Fevraldan boshlab tayyor mebellarni eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ish joylari ijara xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi. Avval maydonning 100 kv metriga teng miqdordagi qismi qoplab berilardi, endi bu me’yor 250 kv mertga yetdi.

O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
10 fevral 2023, 15:54

O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Prezident farmoni bilan 1 yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi. Daromadi 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi.

Open Budget`ning 1-mavsumiga jami 1,7 trln so‘m ajratiladi
10 fevral 2023, 10:13

Open Budget`ning 1-mavsumiga jami 1,7 trln so‘m ajratiladi

2023 yilda «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumiga 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. Unga qo‘shimcha tarzda mahalliy budjetlar o‘zida yig‘ilgan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizini ham qo‘shadi. Qo‘shimcha pullar hisobiga jami 1,7 trln so‘m mablag‘ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari «Gazprom» rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
9 fevral 2023, 22:34

O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari «Gazprom» rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari hamda «Gazprom» rahbari Sankt-Peterburgda yig‘ilish o‘tkazib, gaz sohasida uch tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.

O‘zbekistonning 2022 yilgi ipoteka bozori: asosiy o‘zgarishlar
9 fevral 2023, 21:29

O‘zbekistonning 2022 yilgi ipoteka bozori: asosiy o‘zgarishlar

2022 yilda O‘zbekiston banklari 14,4 trln so‘mlik (o‘sish 46,9 foiz) ipoteka kreditlari ajratdi. Davlat dasturi doirasida moliyalashtirish 75 foizga, banklar hisobidan esa 4,4 barobarga oshdi. Mablag‘larning katta qismi yangi uy-joy sotib olishga yo‘naltirilgan. Asosiy kreditlar Toshkentda berilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi
9 fevral 2023, 17:15

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi

Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting