«Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklardan hisoblangan keshbekni olish uchun Face ID bo‘yicha identifikatsiya qilish talab qilinadi, deb xabar бермоқда Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ilgari faqat 500 000 so‘mdan ortiq mablag‘ni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi. Endi bu shart har qanday bonus miqdori uchun amal qiladi.

Xizmat shaxsiy hisobdagi Face ID bo‘limida mavjud. Buni amalga oshirish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) kiritish, keyin selfi olish va uni tasdiqlash uchun yuborish kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1% keshbek qaytarilmoqda. Shuningdek, «Gazeta.uz» keshbekni qanday qaytarib olish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma tayyorlagan edi.

2022 yil sentabr oyidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat xarajatlaridan ham keshbek qaytarishnii yo‘lga qo‘ygandi.