17-mart kuni Toshkent shahrida britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos olim, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobining hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Jeyms Robinson Chikago universitetida professor bo‘lib ishlaydi. Bundan oldin u Garvard, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Janubiy Kaliforniya universiteti va Melburn universitetlarida dars bergan. Uning eng asosiy ishlaridan biri “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi bo‘lib, Daron Ajemo‘g‘lu bilan hammualliflikda yozilgan ushbu kitob dunyoning 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan.

Jeyms Robinson bilan uchrashuv Intercontinental Hotel Tashkent (Trilliant) mehmonxonasida soat 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasidagi muhokamada Viskonsin universiteti doktoranti, “Iqtisodchi kundaligi” blogi muallifi Behzod Hoshimov va Garvard universiteti doktoranti, Uzbekonomics blogi muallifi Botir Qobilovlar ham ishtirok etadi.

Tadbir davomidagi chiqishlar ishtirokchilar uchun o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima qilib boriladi.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Chiptalar narxi: 200 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha.

Tashkilotchilar bilan bog‘lanish uchun telefon: (+998) 90−955−8687, (+998) 99−089−3829.

жеймс робинсон, kitob, мамлакатлар tanazzuli

Hamkorlik materiali.