Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan premium toifadagi Radisson Collection Hotel Tashkent mehmonxonasini ochish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi,deya xabar qildi O‘zbekiston Otelerlar assotsiatsiyasi.

Mehmonxona ochilishi 2026 yilga mo‘ljallangan. Loyiha Radisson Collection`ning Markaziy Osiyodagi birinchi mehmonxonasi bo‘ladi.

Taxminan 130 ming kvadrat metr maydonga ega mehmonxona majmuasi «yagona me’moriy uslubda qurilgan» to‘rtta binoni o‘z ichiga oladi. Ular jamoat joylari, savdo maydonchalari, kinoteatr, ofislar, kvartiralar, ko‘p qavatli yer osti avtoturargohi, anjuman va majlis zallarini o‘z ichiga oladi.

Majmuaning asosiy va eng baland binosida Radisson Collection Hotel, Tashkent joylashadi. Bu 27 ming kvadrat metrdan ortiq maydonga ega 22 qavatli klassik uslubdagi bino bo‘ladi. Mehmonxona 164 ta xonaga, jumladan, prezidentlik xonalari va kvartiralarga mo‘ljallangan.

Mehmonxonada, shuningdek, restoran, lobbi-bar, VIP-mehmonxonaga ega oliy toifali launj bo‘ladi. Bitta qavat basseynli spaga ajratiladi. 19-qavatda ayvonli Sky-bar bo‘ladi.

Toshkentdagi Radisson mehmonxonasi «Brodvey» nomi bilan mashhur bo‘lgan Sayilgoh ko‘chasida joylashadi. Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyun oyida ta’sischisi O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilovning o‘g‘li Metropol Group kompaniyasi DXXning «Brodvey»dagi sobiq binosini 210 mlrd so‘mga xususiylashtirgan edi.

metropol group, radisson

obyekt asosida quyidagi faoliyat turlaridan birini yoki bir nechtasini tashkil etishga ruxsat berildi: ofis xonalari, savdo maydonchalari, savdo va ko‘ngilochar markazlar tashkil etish, madaniyat va dam olish, sport, turizm va boshqalar.

metropol group, radisson

Tashkent Retrospective tarixiy-madaniy loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, DXXning sobiq obyekt 1950-yillarga oid tarixiy bino hisoblanadi.