Koronavirus

Koronavirus bemorlari soni 11259 nafarga yetdi (+167)
9 iyul 2020, 10:27

Koronavirus bemorlari soni 11259 nafarga yetdi (+167)

Koronavirus bemorlari soni 167 nafarga ortib, jami 11259 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 72 nafari aholi orasida.

Qaysi transport vositalariga cheklovlar qo‘llanmaydi — ro‘yxat
9 iyul 2020, 10:13

Qaysi transport vositalariga cheklovlar qo‘llanmaydi — ro‘yxat

Avtotransport harakati uchun belgilangan cheklovlar ayrim toifadagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda, maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) avtotransport vositasining harakatiga ruxsat beriladi.

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi
9 iyul 2020, 10:10

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.

Avtotransportning harakatlanish vaqti cheklandi
9 iyul 2020, 09:45

Avtotransportning harakatlanish vaqti cheklandi

10 iyuldan boshlab avtotransport vositalarida stikersiz muayyan vaqtida (07.00 dan — 10.00 gacha, 17.00 dan — 20.00 gacha) ruxsat beriladi. Viloyatlararo qatnov to‘xtatiladi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rtasidagi qatnovlar bundan mustasno). Jamoat transporti faoliyati ham to‘xtatiladi, stikerlar kuchini yo‘qotmaydi.

Kun davomida rekord darajada — 422 kishida koronavirus aniqlandi
9 iyul 2020, 00:05

Kun davomida rekord darajada — 422 kishida koronavirus aniqlandi

8 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, davolanganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari rekord natijani qayd etdi.

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi
8 iyul 2020, 23:50

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.

“Biz ularni, albatta, qaytaramiz”. Prezident — chegaralarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar haqida
8 iyul 2020, 23:40

“Biz ularni, albatta, qaytaramiz”. Prezident — chegaralarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar haqida

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralarida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarishga va’da berdi. Avvalroq chegaralarda 5000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketgani xabar qilingan edi.

Nukus va Navoiyda koronavirus bemorlari vafot etdi
8 iyul 2020, 23:21

Nukus va Navoiyda koronavirus bemorlari vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda 56 yoshli ayol, Navoiyda 52 yoshli erkak koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 44 nafarga yetdi.

Prezident SES va o‘t o‘chirish xizmatining «tushunarsiz» talablariga izoh berdi
8 iyul 2020, 21:58

Prezident SES va o‘t o‘chirish xizmatining «tushunarsiz» talablariga izoh berdi

Tadbirkorlar karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelmoqda, deya ma’lum qildi prezident.

“Joylarda „yashil“, „sariq“ va „qizil“ hudud tamoyili to‘liq ishlamayapti” — prezident
8 iyul 2020, 20:37

“Joylarda „yashil“, „sariq“ va „qizil“ hudud tamoyili to‘liq ishlamayapti” — prezident

Prezident joylarda “yashil”, “sariq” va “qizil” hudud tamoyili to‘liq ishlamayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, aholi orasida karantin choralariga yengil qarash, jumladan, niqoblarni noto‘g‘ri taqish, qo‘l berib ko‘rishish va oilaviy tadbirlarni o‘tkazish holatlari uchramoqda. “Bunday xatarli ofatga aslo beparvo qarab bo‘lmaydi”, — dedi davlat rahbari xalqqa murojaat qilar ekan.

Koronavirus holatlari 11000 taga yaqinlashdi
8 iyul 2020, 17:56

Koronavirus holatlari 11000 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 144 taga oshib, 10982 taga yetdi. Ularning katta qismi — 113 tasi Toshkentda aniqlandi.

Xabibulla Oqilov — «koronaskeptiklar» haqida
8 iyul 2020, 17:27

Xabibulla Oqilov — «koronaskeptiklar» haqida

Professor Xabibulla Oqilov koronavirusning borligiga shubha bilan qarayotgan, ushbu infeksiyaga chalingan birorta ham tanish insonlar yo‘q, deb iddao qilayotganlarga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, odamlar buni juda jiddiy qabul qilishlari va bor-yo‘g‘i oddiy gigiyena, o‘z-o‘zini saqlashning birlamchi qoidalariga rioya qilishlari kerak xolos.

“Davolash emas, balki uy sharoitida kuzatuv”. Asoratlarsiz bemorlar uyda qanday kuzatib boriladi
8 iyul 2020, 16:28

“Davolash emas, balki uy sharoitida kuzatuv”. Asoratlarsiz bemorlar uyda qanday kuzatib boriladi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Xabibulla Oqilov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida uyda davolanayotgan asoratlarsiz COVID-19 bemorlarining kuzatuvi qanday tashkil etilishi, ularni qachon kasalxonaga yotqizish kerakligi va ular bilan yashaydigan qarindoshlari nima qilishi lozimligi haqida gapirdi.

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi
8 iyul 2020, 16:26

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 64 yoshli toshkentlik bemor (erkak kigi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 42 nafarga yetdi.

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud”ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov
8 iyul 2020, 16:17

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud"ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov

Mamlakatning barcha hududlari “qizil” zonaga o‘tkaziladi. Stikerli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat beriladi, ammo masala hali ko‘rib chiqiladi.

Charter reyslari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
8 iyul 2020, 16:00

Charter reyslari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Respublika maxsus komissiyasi 6 — 19 iyul kunlariga belgilangan charter reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritdi. Jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg va Dubayga ayrim charter reyslar bekor qilindi.

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov
8 iyul 2020, 15:53

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov

Shifoxonalarda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Agar kuniga 1000 ta holat aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi butunlay qulaydi, dedi koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Xabibulla Oqilov.

“To‘rtta to‘yda 110 ta kasallangan aniqlandi” — Sog‘liqni saqlash vaziri
8 iyul 2020, 14:09

“To‘rtta to‘yda 110 ta kasallangan aniqlandi” — Sog‘liqni saqlash vaziri

Koronavirus bemorlari orasida o‘lim sonining oshishiga 50 foiz holatlarda shifokorlarga kech murojaat qilganlik sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vaziri. Alisher Shodmonov alomatlarsiz bemorlarni uyda davolash hamda sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qanchalik tayyor ekanligi to‘g‘risidagi masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi
8 iyul 2020, 13:38

Talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi

Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslar uy karantiniga hamda OTM va kasb-hunar kollejlarining talabalar turar-joylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkaziladi. Oliy ta’lim vazirligi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan karantinda saqlash infratuzilmasiga ega OTM va kollejlar ro‘yxatini tuzib chiqadi.

Sanoat va yirik qurilish ob’ektlari to‘liq karantinga olinadi
8 iyul 2020, 13:06

Sanoat va yirik qurilish ob’ektlari to‘liq karantinga olinadi

Sanoat va yirik qurilish ob’ektlari faoliyatiini davom ettirish uchun shartlar belgilandi. Ularning hududi to‘liq karantinga olinadi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting