Koronavirus

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
28 may 2021, 10:20

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

O‘zbekistonda vaksinaning 2-dozasini olganlar soni 500 ming nafarga yetdi
27 may 2021, 12:12

O‘zbekistonda vaksinaning 2-dozasini olganlar soni 500 ming nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1,7 mln nafardan oshgan bo‘lib, emlanganlar orasida 499 094 nafar fuqaro vaksinaning 2-dozasini qabul qilgan. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 269 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

COVID-19 ga qarshi 1,2 milliondan ortiq kishi emlandi
26 may 2021, 11:51

COVID-19 ga qarshi 1,2 milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1-bosqichda emlanganlar 1 212 597 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 470 519 nafarni tashkil qilmoqda. Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari qayd qilmoqda.

Ba’zi vaksinalar mamlakatlarga «pandemiyadan tezroq chiqib ketishga» yordam beradi — Bloomberg
21 may 2021, 11:44

Ba’zi vaksinalar mamlakatlarga «pandemiyadan tezroq chiqib ketishga» yordam beradi — Bloomberg

Aholining katta qismi emlangan barcha mamlakatlarda ham COVID-19 virusining tarqalishi kamayayotgani yo‘q. Buning sabablaridan biri — turli xil vaksinalardan foydalanishdir, deb yozadi Bloomberg. Nashrning ta’kidlashicha, RNK vaksinalari (Moderna, Pfizer) virus yuqtirishni kamaytirishga an’anaviy vaksinalar (AstraZeneca, Sinopharm va boshqalar) ga qaraganda yaxshiroq yordam beradi. Biroq, barcha vaksinalar og‘ir alomatlarning rivojlanishi yoki o‘lim xavfini kamaytiradi.

Yana bir million dozada xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
18 may 2021, 10:58

Yana bir million dozada xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek vaksinasining navbatdagi partiyasi 1 million dozada olib kelindi. Ertaga ushbu vaksinadan yana 500 ming doza vaksina olib kelinishi aytilmoqda.

TATU talabalari o‘quv yilini onlayn tarzda tugatadi
17 may 2021, 15:07

TATU talabalari o‘quv yilini onlayn tarzda tugatadi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil o‘quv yili so‘nggiga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi. Avvalroq, universitet 27 apreldan 10 mayga qadar 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tgan edi.

Samarqandda barcha ta’lim muassasalaridagi karantin yana 14 kunga uzaytirildi
11 may 2021, 15:14

Samarqandda barcha ta’lim muassasalaridagi karantin yana 14 kunga uzaytirildi

Samarqand shahar hududida koronavirus infeksiyasini yuqtirish ko‘rsatkichi oshib borayotganligi sababli barcha ta’lim muassasalaridagi karantin muddati yana 14 kunga uzaytirildi.

Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda
8 may 2021, 15:36

Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

10 maydan boshlab O‘zbekistondan Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun cheklovlar joriy etildi. Ushbu mamlakatlarga faqat ish, o‘qish yoki davolanish yuzasidan ketayotganlar, shuningdek diplomatlar va chet ellik mutaxassislar uchishlari mumkin. Aviachiptalar faqat maxsus komissiyaning ruxsati bilan yoki ketish uchun tasdiqlangan sabab bo‘lsa sotiladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
7 may 2021, 15:18

Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.

Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini COVID-19`ga qarshi emlash boshlandi
7 may 2021, 13:35

Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini COVID-19`ga qarshi emlash boshlandi

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini COVID-19`ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Ularga «Sputnik V» vaksinasi qilinmoqda. Jami 250 nafar sportchi va murabbiylar emlanishi reja qilingan.

COVID-19`ga qarshi 1 milliondan ortiq kishi emlandi
7 may 2021, 10:43

COVID-19`ga qarshi 1 milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 mln 46 ming 668 nafarga yetdi. Emlanganlarning eng yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari
6 may 2021, 15:25

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari

SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

Bir inson faqat bir turdagi vaksinani olishi kerak — SES boshlig‘ining o‘rinbosari
6 may 2021, 14:17

Bir inson faqat bir turdagi vaksinani olishi kerak — SES boshlig‘ining o‘rinbosari

Bir odam ikki hil vaksina bilan emlanishi mumkin emas, ikkinchi boshqa vaksina qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya ma’lum qildi SES boshlig‘ining o‘rinbosari. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, bunday holda organizmda immun-javob reaksiyasini o‘ziga xos kechishi va u odam kasallikka chalinib qolish ehtimoli bor.

Antirekord yangilandi: kun davomida 452 kishida koronavirus qayd etildi
6 may 2021, 10:59

Antirekord yangilandi: kun davomida 452 kishida koronavirus qayd etildi

5 may kuni O‘zbekistonda 452 kishida koronavirus aniqlanib, yil boshidan eng ko‘p kasallanish holatlari aniqlandi. Umumiy kasallanish holatlari soni 93 ming nafardan oshdi. Mamlakatda 1 milliondan ortiq koronavirusga qarshi vaksina dozalari ishlatilib, 32,5 mingdan ortiq kishi ikkinchi bosqichda emlangan.

Moliya instituti 14 kunga, SamDCHTI o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi
5 may 2021, 14:03

Moliya instituti 14 kunga, SamDCHTI o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Moliya instituti 14 kunga, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 may 2021, 20:24

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada 7 maydan boshlab karantin choralarining kuchaytirilishi, tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlarda 19 nafar Tojikiston fuqarosining vafot etgani, Germaniyada millatchilik sabab bo‘lgan jinoyatlar darajasining oshib borayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin
4 may 2021, 15:55

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin

Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan
4 may 2021, 10:05

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan

1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi
4 may 2021, 09:25

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi
4 may 2021, 09:03

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi

2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting