Koronavirus

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 14 mingtaga yaqinlashdi
14 iyul 2020, 18:01

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 14 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda rasman tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 121 taga ko‘payib, umumiy 13993 taga yetdi. Yangi holatlarning barchasi Toshkentda aniqlandi.

Toshkentda koronavirusning og‘ir shakliga chalingan 61 yoshli bemor vafot etdi
14 iyul 2020, 16:38

Toshkentda koronavirusning og‘ir shakliga chalingan 61 yoshli bemor vafot etdi

Toshkentda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan hamda hamroh kasalliklari bo‘lgan 61 yoshli bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 65 nafarga yetdi.

Koronavirusga test qayerda topshiriladi — ro‘yxat (viloyatlar bo‘yicha)
14 iyul 2020, 12:20

Koronavirusga test qayerda topshiriladi — ro‘yxat (viloyatlar bo‘yicha)

Koronavirusga test topshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hududlar kesimida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlil oladigan markazlarning manzili va telefon raqamlari.

Qashqadaryolik koronavirus bemori vafot etdi
14 iyul 2020, 10:12

Qashqadaryolik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 yoshli qashqadaryolik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 64 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari 13,9 mingga yaqinlashdi
14 iyul 2020, 10:06

Koronavirus holatlari 13,9 mingga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 281 nafarga ortib, jami 13872 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Namangan va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 156 nafari aholi orasida.

Kun davomida qariyb 600 ta koronavirus holati qayd etildi
14 iyul 2020, 01:15

Kun davomida qariyb 600 ta koronavirus holati qayd etildi

13 iyul kuni O‘zbekistonda 594 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 13591 taga yetdi. Yangi holatlarning 272 tasi karantin muassasalarida, 322 tasi esa aholi orasida aniqlandi.

Toshkentda koronavirusdan 63-o‘lim qayd etildi
13 iyul 2020, 23:59

Toshkentda koronavirusdan 63-o‘lim qayd etildi

Toshkentda qandli diabeti bo‘lgan 60 yoshli erkak koronavirus tufayli olamdan o‘tdi. Jami o‘lim ko‘rsatkichi 63 taga yetdi.

Qozog‘istonda karantin muddati uzaytirildi, ehtiyojmandlarga pul to‘lanadi
13 iyul 2020, 22:16

Qozog‘istonda karantin muddati uzaytirildi, ehtiyojmandlarga pul to‘lanadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev karantin rejimi yana ikki haftaga uzaytirilishi hamda iyul oyida ehtiyojmandlarga 42,5 ming tengedan to‘lanishini ma’lum qildi.

Samarqandda tibbiyot chiqindilarni xavfsiz usulda yo‘q qilishga 1,5 mln yevro ajratildi
13 iyul 2020, 18:00

Samarqandda tibbiyot chiqindilarni xavfsiz usulda yo‘q qilishga 1,5 mln yevro ajratildi

Yevroittifoq va Fransiya taraqqiyot agentligi Samarqandda tibbiyot chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish loyihasi uchun 1,5 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratdi.

Ehtiyojmand oilalar karantin vaqtida qayerga murojaat qilishlari kerak?
13 iyul 2020, 17:25

Ehtiyojmand oilalar karantin vaqtida qayerga murojaat qilishlari kerak?

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 100 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan iborat ro‘yxatni shakllantirdi. Ro‘yxatga kiritilmagan, biroq oziq-ovqat, dori-darmonga ehtiyoji bo‘lgan oilalarga 1197 va 71−203−01−21 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etildi.

Yana 167 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 13360)
13 iyul 2020, 17:06

Yana 167 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 13360)

Koronavirus holatlari 167 taga ko‘payib, jami 13360 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 83 nafari Karantin markazida, 75 nafari Toshkent shahrida va 9 nafari Navoyi viloyatida aholi orasida aniqlandi.

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi
13 iyul 2020, 16:55

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Toshkentda qandli diabet va jigar serrozi bilan og‘rib kelgan 65 yoshli bemor ayol koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 tufayli olamdan o‘tganlar soni 62 nafarga yetdi.

COVID-19 bilan kasallangan «yengil» bemorlarni uyda davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi
13 iyul 2020, 15:04

COVID-19 bilan kasallangan «yengil» bemorlarni uyda davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

Koronavirusning yengil shakli kuzatilayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi. Unda aytilishicha, bunday bemorlarga faqatgina simptomatik davolanish tavsiya qilinadi. Jumladan, ko‘p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi dorilarini qabul qilish, agar lozim bo‘lsa, bronxolitik va burunga tomizish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin. «Yengil» bemorlarga antibiotiklar bilan davolanish tavsiya etilmaydi.

Koronavirus holatlari 13,1 mingdan oshdi
13 iyul 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 13,1 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 196 nafarga ortib, jami 13193 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Namangan, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shundan 153 nafari aholi orasida aniqlandi.

Toshkentda 67 yoshli koronavirusga chalingan ayol vafot etdi
13 iyul 2020, 09:51

Toshkentda 67 yoshli koronavirusga chalingan ayol vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 61 nafarga yetdi.

60-o‘lim: Toshkentda 65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi
12 iyul 2020, 23:55

60-o‘lim: Toshkentda 65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni kunlik 3, umumiy 60 nafarni tashkil etmoqda.

Kun davomida 484 kishida koronavirus aniqlandi
12 iyul 2020, 23:43

Kun davomida 484 kishida koronavirus aniqlandi

12 iyul kuni 484 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlanib, jami holatlar 13 mingtaga yaqinlashdi.

Toshkentda koronavirus aniqlangan 76 yoshli ayol vafot etdi
12 iyul 2020, 17:37

Toshkentda koronavirus aniqlangan 76 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 59 nafarga yetdi.

Rasman koronavirus aniqlanganlar 12855 kishiga yetdi (+149)
12 iyul 2020, 17:19

Rasman koronavirus aniqlanganlar 12855 kishiga yetdi (+149)

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 12855 nafarga yetdi. Yangi aniqlangan 149 ta holatning 28 tasi Andijon viloyati, 76 tasi Toshkentda qayd etildi.

58-o‘lim: Toshkentda 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi
12 iyul 2020, 12:46

58-o‘lim: Toshkentda 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 58 nafrga yetdi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting