Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi. Qaror nusxasi “Gazeta.uz” tahririyatida bor.

Qarorga binoan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasida saqlanayotgan shaxslarni uy karantiniga hamda oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining talabalar turar-joylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan karantinda saqlash joylariga moslashtirish uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining ro‘yxati ishlab chiqiladi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda OTM va kasb-hunar kollejlari talabalar turar-joylarini karantinda saqlash joylariga moslashtirish choralarini ko‘riladi.

Ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.