Asoratlarsiz bemorlarga uyda va mehmonxonalarda davolanishlariga ruxsat berilganiga qaramay, statsionar shifoxonalarda yotoq-joylar qolmadi, deydi koronavirusga qarshi kurashish markazining vakili, professor Xabibulla Oqilov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Kasalxonalar koronavirus bemorlarini davolash uchun qayta jihozlanganligi sababli, boshqa surunkali kasalliklar bemorlari davolana olmay qolmoqda va vafot etishmoqda. Hozircha COVID-19 ning bilvosita qurbonlari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar mavjud emas, ammo bunga ko‘z yumib bo‘lmaydi, dedi u.

Xabibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar har kuni COVID-19 ning 1000 ta kasalligi aniqlansa, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq qulashi mumkin.

Buning oldini olish uchun qattiq karantin cheklovlariga qaytishga qaror qilindi. Bu kabi choralar koronavirusning tarqalish zanjirini uzish uchun zarur.

“Dastlab biz ikkita inkubatsiya davrini e’lon qilishni so‘radik (14 kundan — umumiy 28 kun), ammo bizga odamlar uchun bu juda qiyin bo‘lishini aytishdi. Biz maksimal 20 kunga bardosh bera olamiz. Biz komissiyani hech bo‘lmaganda 20 kunga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldik. Agar biz qattiq choralar ko‘rmasak, oqibatlari fojiali bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi professor.