Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan sanoat va yirik qurilish ob’ektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda.

Qarorga ko‘ra, tegishli ob’ektlar hududi to‘liq karantinga olinadi.

Ob’ektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob’ektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi.

Ob’ektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion «to‘shak"lar bilan jihozlanadi. Xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlanadi.