Koronavirus

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda
23 aprel 2020, 14:46

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda

Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Andijonda 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi
23 aprel 2020, 13:15

Andijonda 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 4 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 454 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda
23 aprel 2020, 13:14

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda

Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.

Tramp AQSHga immigratsiyani chekladi
23 aprel 2020, 13:12

Tramp AQSHga immigratsiyani chekladi

Donald Tramp AQSHga immigratsiyani 60 kunga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ta’qiq koronavirus pandemiyasi tufayli ishini yo‘qotgan amerikaliklarni himoya qilishga qaratilgan.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi
23 aprel 2020, 10:43

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1716 nafar bemor. 22 aprel kuni bu ko‘rsatkich 38 nafarga ko‘paygan edi.

Ikki kun davomida koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘lmoqda
23 aprel 2020, 00:17

Ikki kun davomida koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘lmoqda

22 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan 55 taga ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi uch kun davomida qisqarib bormoqda.

Yana 24 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi
22 aprel 2020, 23:25

Yana 24 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 24 taga ortib, jami 1716 taga yetdi.

Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi
22 aprel 2020, 23:21

Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi

Jahon banki O‘zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash» loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi.

“Kamp Nou” maydonining nomi bir mavsumga o‘zgaradi
22 aprel 2020, 19:42

“Kamp Nou” maydonining nomi bir mavsumga o‘zgaradi

Ispaniyaning Barselona futbol klubi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida 2020−2021 mavsumiga “Kamp Nou” maydonining nomini homiylarga sotishga qaror qildi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi
22 aprel 2020, 19:25

Koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi
22 aprel 2020, 18:25

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi

Buyuk Britaniyadagi Imperial kollej va Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni odamlarda sinash boshlanadi.

BMT Bosh assambleyasi koronavirus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi
22 aprel 2020, 17:31

BMT Bosh assambleyasi koronavirus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qaratilgan global harakatga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, davlatlar hayotiy zarur dori-darmonlar, vaksinalar va shaxsiy himoya vositalaridagi spekulyatsiyaga chek qo‘yishga hamda haddan tashqari zaxiralarini yaratishdan voz kechishga kelishdi.

Yana 17 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
22 aprel 2020, 16:44

Yana 17 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. Mamlakatda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 424 nafarga yetdi.

IKEA rahbari karantindan keyin bebi-bum bo‘lishini bashorat qildi
22 aprel 2020, 16:28

IKEA rahbari karantindan keyin bebi-bum bo‘lishini bashorat qildi

Ingka Group kompaniyasi karantindan keyin ko‘plab chaqaloqlar tug‘ilishini (bebi-bum) kutayotganligini, shu bois bolalar jihozlarini ishlab chiqarishga investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Karantin davrida IKEA do‘konlaridan eng ko‘p xarid qilinayotgan mahsulotlar oshxona jihozlari ekanligi aytilgan.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 400 kishidan oshdi
22 aprel 2020, 15:33

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 400 kishidan oshdi

Xorazmda 35 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 407 kishiga yetdi.

Namanganda koronavirus bemori hayotdan ko‘z yumdi
22 aprel 2020, 15:29

Namanganda koronavirus bemori hayotdan ko‘z yumdi

Namanganda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 7 nafarga yetdi.

Pavel Durov: Biz sivilizatsiya o‘zgarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin
22 aprel 2020, 14:46

Pavel Durov: Biz sivilizatsiya o‘zgarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin

Telegram koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida 17 ta mamlakat hukumatlari bilan hamkorlikda rasmiy kanallarni tasdiqladi. Kompaniya asoschisi Pavel Durovning fikriga ko‘ra, texnologiya insoniyatga qanchalik foydali ekanligini isbotlash davri keldi. Messenjer axborot ta’minotidan tashqari, ta’lim muammolarini hal etishga ham hissa qo‘shishga harakat qilishini aytdi.

Pandemiya oziq-ovqat inqirozini chuqurlashtirishi mumkin — FAO
22 aprel 2020, 13:40

Pandemiya oziq-ovqat inqirozini chuqurlashtirishi mumkin — FAO

2019 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning 55 davlatida 135 million kishi oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda. Koronavirus pandemiyasi vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin, deyiladi FAO hisobotida.

Qoraqalpog‘istonda 15 nafar koronavirus bemori tuzaldi
22 aprel 2020, 13:20

Qoraqalpog‘istonda 15 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1692 nafarga yetdi
22 aprel 2020, 10:07

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1692 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 14 nafarga ortib, jami 1692 kishini tashkil etmoqda.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting