8 iyul kuni soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10587 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida), 9 nafari Қорақалпоғистонда (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 312 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 6888 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.️ Bugun Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.