Koronavirus

Koronavirus bo‘yicha kunlik o‘sishda yana rekord o‘rnatildi — 486 ta
12 iyul 2020, 00:37

Koronavirus bo‘yicha kunlik o‘sishda yana rekord o‘rnatildi — 486 ta

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi. 11 iyul kuni 486 kishida COVID-19 tasdiqlandi.

Yana 196 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 12402)
11 iyul 2020, 17:15

Yana 196 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 12402)

Koronavirus holatlari 196 taga ko‘payib, jami 12402 nafarga yetdi. Yangi holatlar Karantin markazida, Samarqand viloyatida, Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida qayd etildi. Shundan 35 nafari aholi orasida aniqlandi.

Toshkentlik 66 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
11 iyul 2020, 16:06

Toshkentlik 66 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 56 nafarga yetdi.

Poytaxtda koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etdi
11 iyul 2020, 10:23

Poytaxtda koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etdi

Toshkentda koronavirus aniqlagan 50 yoshli ayol vafot etdi. Bu mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida qayd etilgan 55-o‘lim holati.

Koronavirus holatlari 12206 taga yetdi
11 iyul 2020, 10:09

Koronavirus holatlari 12206 taga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 179 nafarga ortib, jami 12206 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shundan 43 nafari aholi orasida.

Koronavirus holatlari soni 12 mingtadan oshdi
11 iyul 2020, 01:19

Koronavirus holatlari soni 12 mingtadan oshdi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 12027 taga yetdi. Kun davomida 463 ta holat, jumladan 268 ta karantin muassasalari, 195 tasi esa aholi orasida aniqlandi.

Yana 134 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 11857)
10 iyul 2020, 17:04

Yana 134 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 11857)

Koronavirus holatlari 134 taga ko‘payib, jami 11857 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlandi.

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi
10 iyul 2020, 16:35

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli termizlik bemor (erkak kishi) miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 53 nafarga yetdi.

Zarafshonlik koronavirus bemori vafot etdi
10 iyul 2020, 10:13

Zarafshonlik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli zarafshonlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 52 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari 11,7 mingdan oshdi
10 iyul 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 11,7 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 159 nafarga ortib, jami 11723 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 49 nafari aholi orasida.

Koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi yana rekord qayd etdi — 472 ta
10 iyul 2020, 00:02

Koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi yana rekord qayd etdi — 472 ta

9 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar (472 kishi) va o‘lim ko‘rsatkichlari (6 ta) bo‘yicha rekord yangilandi. 190 ta holat aholi orasida aniqlandi. 10 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

COVID-19: 51-o‘lim Surxondaryoda qayd etildi
9 iyul 2020, 23:55

COVID-19: 51-o‘lim Surxondaryoda qayd etildi

Surxondaryoda koronavirus aniqlangan 35 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. U ham o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, uyida mustaqil davolangan. O‘zbekistonda kun davomida 6 kishi, umumiy 51 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Koronavirusdan 50-o‘lim qayd etildi
9 iyul 2020, 22:37

Koronavirusdan 50-o‘lim qayd etildi

Koronavirusdan navbatdagi — 50-o‘lim Buxoroda qayd etildi. 53 yoshli bemor 20 iyundan buyon davolanib kelayotgan edi.

Qashqadaryoda shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi
9 iyul 2020, 18:25

Qashqadaryoda shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi
9 iyul 2020, 17:43

Uzbekistan GTL zavodi qurilishida 130 ga yaqin COVID-19 holati aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.

Yana 188 nafar kishida koronavurus tasdiqlandi (jami — 11447)
9 iyul 2020, 17:07

Yana 188 nafar kishida koronavurus tasdiqlandi (jami — 11447)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 188 taga oshib, jami 11447 taga yetdi. Ularning aksariyati Karantin markazida va Toshkent shahrida aniqlandi. Aholi orasida 66 ta holat qayd etildi.

28 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
9 iyul 2020, 16:48

28 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.

Toshkentlik 51 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
9 iyul 2020, 16:28

Toshkentlik 51 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.

“Bizda yotoq-joylar va dori-darmonlar zaxirasi yetarli” — Xabibulla Oqilov
9 iyul 2020, 14:27

“Bizda yotoq-joylar va dori-darmonlar zaxirasi yetarli” — Xabibulla Oqilov

Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi
9 iyul 2020, 13:35

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi

“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting