O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Respublika maxsus komissiyasining hududlar o‘rtasida transport vositalari harakatlanishini taqiqlash to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi.

“Agar ilgari Toshkent va Toshkent viloyati o‘rtasida ishlashga ruxsat berilgan bo‘lsa, endi bu ham taqiqlanadi. “Ya'ni, respublikaning barcha hududi “qizil” zonaga o‘tkazilmoqda”, dedi u.

“Stikerli avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat etiladi. Biroq ushbu masalani bugun yaxshilab o‘rganib, ertaga o‘tkaziladigan brifingda aniq javobni aytishim mumkin”, — dedi Shoxrux Giyasov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.