Koronavirus

Koronavirus aniqlanganlarga yaqin joyda bo‘lganlarni ogohlantiruvchi mobil ilova ishlab chiqildi
16 iyul 2020, 19:37

Koronavirus aniqlanganlarga yaqin joyda bo‘lganlarni ogohlantiruvchi mobil ilova ishlab chiqildi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorga 5 metr masofada yaqin kelgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradigan mobil ilova ishlab chiqildi.

Turkmanistonda ibodat maskanlari vaqtinchalik yopildi
16 iyul 2020, 17:10

Turkmanistonda ibodat maskanlari vaqtinchalik yopildi

Turkmanistonda masjidlar, cherkovlar va boshqa ibodat muassasalari hamda ziyoratgohlar profilaktika maqsadida vaqtinchalik yopildi. Shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan JSST rasmiy delegatsiyasi Turkmanistonda COVID-19 bilan bog‘liq holatlar qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Koronavirus holatlari 204 taga ko‘payib, umumiy 15 mingtaga yaqinlashdi
16 iyul 2020, 17:03

Koronavirus holatlari 204 taga ko‘payib, umumiy 15 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda yana 204 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy soni 15 mingtaga yaqinlashdi. Yangi holatlarning 126 tasi poytaxtda, 34 tasi Toshkent viloyatida aniqlandi.

Toshkentda 53 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi (umumiy — 73)
16 iyul 2020, 16:50

Toshkentda 53 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi (umumiy — 73)

Toshkentda 6 iyulda koronavirus alomatlari paydo bo‘lgan 53 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 73 nafarga yetdi.

Vafot etgan DXA xodimida ham koronavirus aniqlangan
16 iyul 2020, 12:53

Vafot etgan DXA xodimida ham koronavirus aniqlangan

Adliya vazirligi matbuot kotibi Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Adhamjon Dexkanov vafot etganini, hamda unda COVID-19 infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi.

Tez yordam mashinalari 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi ta’minlanadi — Bosh prokuror
16 iyul 2020, 12:00

Tez yordam mashinalari 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi ta’minlanadi — Bosh prokuror

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda prezident topshirig‘iga binoan 103 raqamiga telefon qilinganda band bo‘lish holatiga chek qo‘yiladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib kelishi va COVID-19 ga test natijalarini uzog‘i bilan bir kunda chiqarilishi ta’minlanadi.

Vafot etgan yana bir IIV xodimi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi
16 iyul 2020, 10:39

Vafot etgan yana bir IIV xodimi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi

Vafot etgan yana bir nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

Koronavirus holatlari 14,8 mingga yaqinlashdi
16 iyul 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 14,8 mingga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 14787 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (53), Toshkent shahrida (101) Surxondaryo viloyatida (35) va Qoraqalpog‘istonda (17) qayd etildi. Shu bilan birga, COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 72 nafarga yetdi.

Kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati qayd etildi
16 iyul 2020, 00:56

Kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlandi. Yangi holatlarning 200 tasi karantin muassasalarida, 291 tasi — COVİD-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar va 5 tasi aholi orasida qayd etildi.

Prezident Toshkent hokimi va sog‘liqni saqlash vaziriga hayfsan e’lon qildi
15 iyul 2020, 21:29

Prezident Toshkent hokimi va sog‘liqni saqlash vaziriga hayfsan e’lon qildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘nggi oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasini keskin buzganligi ta’kidlandi.

Koronavirus holatlari 173 taga oshdi (jami — 14466)
15 iyul 2020, 17:53

Koronavirus holatlari 173 taga oshdi (jami — 14466)

O‘zbekistonda yana 173 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlanib, jami holatlar 14466 taga yetdi. Yangi holatlar karantin markazlari, Toshkent shahri, Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

37 yoshli pskentlik koronavirus bemori vafot etdi
15 iyul 2020, 17:48

37 yoshli pskentlik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 37 yoshli pskentlik bemor (erkak kishi) o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 69 nafarga yetdi.

Chirchiqda shifokorlarning yoppasiga ish tashlagani haqidagi xabarlar inkor etildi
15 iyul 2020, 15:15

Chirchiqda shifokorlarning yoppasiga ish tashlagani haqidagi xabarlar inkor etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimining koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi
15 iyul 2020, 13:43

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimining koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi
15 iyul 2020, 10:08

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 68 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari 14,3 mingga yaqinlashdi
15 iyul 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 14,3 mingga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 208 nafarga ortib, jami 14293 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (75), Toshkent shahrida (71) va Andijon viloyatida (62) qayd etildi.

Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin vafot etdi (66−67)
15 iyul 2020, 01:15

Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin vafot etdi (66−67)

Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin hayotdan ko‘z yumdi. Kun davomida 4, umumiy 67 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi.

Kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlandi
15 iyul 2020, 00:59

Kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlandi

14 iyul kuni O‘zbekistonda qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 14 mingdan oshdi. Yangi holatlarning 191 tasi aholi orasida qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev dori vositalarining uch oylik zaxirasini yaratishga topshiriq berdi
14 iyul 2020, 22:41

Shavkat Mirziyoyev dori vositalarining uch oylik zaxirasini yaratishga topshiriq berdi

Prezident topshirig‘i bilan viloyatlarda dori vositalarining uch oylik zaxirasi yaratilishi lozim: “Dori vositalari qimmatlashsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi”. U hokimlarga ertalab va kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning savollariga javob berishni ham topshirdi.

Prezident koronavirus testini topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
14 iyul 2020, 19:19

Prezident koronavirus testini topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish hamda karantin qoidalarini zaruriyatga ko‘ra kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting