Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 6 — 19 iyul kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi jadvalga ko‘ra, 9, 11 va 18 iyulga belgilangan Toshkent — Moskva — Toshkent, 10 iyuldagi Toshkent — Dubay — Toshkent, 14 iyuldagi Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi bekor qilingan.

Unga ko‘ra, 6 — 19 iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartiba amalga oshiriladi.

  • 8 iyul Toshkent — Seul — Toshkent (Uzbekistan Airways);
  • 8 iyul Minsk — Toshkent — Minsk (Belavia);
  • 10 iyul Seul — Toshkent — Seul (Korean airlines);
  • 12 iyul Sankt-Peterburg — Toshkent — Sankt-Peterburg (Rossia);
  • 13 iyul Seul — Toshkent — Seul (Asiana airlines);
  • 13 iyul Toshkent — Moskva — Toshkent (Uzbekistan Airways);
  • 15 iyul Moskva — Toshkent — Moskva (Ural airlines);
  • 16 iyul Istanbul — Toshkent — Istanbul (Turkish airlines);
  • 16−17 iyul Toshkent — Nyu-York — Toshkent (Uzbekistan Airways);
  • 19 iyul Toshkent — Vladivostok — Toshkent (Uzbekistan Airways).

Mazkur qaror amalga oshirilayotgan charter reyslari bajarilishi muntazamligini ta’minlash, ushbu jarayonda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarining xavfsizligini ta’minlash, ekipaj a’zolarini har bir reysdan so‘ng kuchaytirilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda navbatdagi reysga qadar o‘z-o‘zini izolyatsiyalash, shuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan parvozlarni amalga oshirishga qo‘yilayotgan vaqtinchalik cheklov choralaridan kelib chiqqan holda qabul qilindi.

Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytrish choralari ko‘riladi, deyiladi xabarda.