Toshkent shahrining 12 ta tumanida COVID-19`ga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar faoliyati koronavirusning aholi orasida keng tarqalayotgani bois qayta tashkil etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

24 soat ishlaydigan ushbu muassasalarning asosiy vazifasi xastalikni erta bosqichlarda aniqlash, bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish hamda zarur davo muolajalarini olib borishdan iborat.

Poliklinikalar manzillari:

  • Bektemir tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi — Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy.
  • 5-sonli Ftiziatriya dispanseri — Mirobod tumani, 8-mart ko‘chasi, 58-uy.
  • 23-son oilaviy polikinika «Birlik» filiali — Uchtepa tumani, Chakmoniy ko‘chasi, 14-a uy.
  • 1-son Ftiziatriya dispanseri — Mirzo Ulug‘bek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15-a uy.
  • 58-son oilaviy poliklinika — Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko‘chasi, 44-uy.
  • 11-son oilaviy poliklinika — Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, 147-uy.
  • 3-son Ftiziatriya dispanseri — Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 1-berk, 3-uy.
  • Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi — Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon.
  • 4-son ftiziatriya dispanseri — Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yo‘li, 6-uy.
  • 42-son oilaviy poliklinika — Shayxontohur tumani, Taxtapul ko‘chasi, 14-a uy.
  • 2-son ftiziatriya dispanseri — Yashnobod tumani, Murg‘ob ko‘chasi, 93-uy.
  • Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri — Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 7, 23-uy.

Ushbu muassasalarda fuqarolar koronavirusni aniqlash bo‘yicha ekspress va PZR-test topshirishi, birinchi yordam olishi, rentgen tekshiruvlaridan o‘tishi mumkin. Qolaversa, kasallikning og‘ir darajalari qayd etilgan bemorlar bu yerdan tez yordam mashinalari orqali koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarga yetkaziladi.

SSV shuningdek, bepul PZR-test topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzillarini e’lon qildi:

  • SESning Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi — Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy.
  • Uchtepa tumani bo‘limi laboratoriyasi — Uchtepa tumani, Chilonzor 21.
  • Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasi — Sergeli tumani, Sergeli 3−14.
  • Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasi — Chilonzor tumani, Lutfiy-4−14.
  • Yunusobod tumani bo‘limi laboratoriyasi — Yunusobod tumani, Yunusobod 8−34.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi laboratoriyasi — Mirzo Ulug‘bek tumani, Qarmoq ko‘chasi, 1 A-uy.
  • Bektemir tumani bo‘limi laboratoriyasi — H.Boyqaro ko‘chasi, 48-uy.
  • Mirobod tumani bo‘limi laboratoriyasi — Sarako‘l ko‘chasi, 76-uy.
  • Shayxontohur tumani bo‘limi laboratoriyasi — Xadra massivi, 17 A-uy.
  • Yashnobod tumani bo‘limi laboratoriyasi — Maxtumquli ko‘chasi, 1-berk, 6-uy.
  • Yakkasaroy tumani bo‘limi laboratoriyasi — Bobur ko‘chasi, 2-berk A 22-uy.
  • Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasiga murojaat etadi — Sergeli tumani, Sergeli 3−14.

Ushbu laboratoriyalar soat 8:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.