10 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish soni ortib, 70 nafar kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval — 14 kishi), 4 kishi pnevmoniyaga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati habar qildi.

Eng ko‘p kasallanish Toshkent shahri (37 kishi) va viloyatida (23 kishi) aniqlangan. Qolgan viloyatlarda koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija qayd etilganlar soni 10 nafarga ham yetmaydi.

Shuningdek, respublikada ushbu kasallikdan vafot etganlar qayd etilmadi.

Foto: SSV

Hozirda rasmiy belgilangan kasallanganlarning umumiy soni 237129 nafarga yetgan.