25 iyun kuni O‘zbekistonda 139 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 2020 yilning mart oyidan buyon ularning umumiy soni 240,3 ming nafardan oshdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bir kun oldin 120 ga yaqin holat qayd etilgan edi.

Toshkent shahrida 56 ta, Qashqadaryo viloyatida 17 ta, Toshkent viloyatida 13 ta, Farg‘onada 11 ta, Surxondaryoda 10 ta va boshqa viloyatlarda 1 tadan 6 tagacha yangi holat qayd etilgan.

Yaqinda O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi — Stealth-Omicron BA.2 subvarianti aniqlangani, u eng yuqumli variantlardan biri hisoblangani haqida хабар berilgan edi.