17 iyun, juma kuni O‘zbekistonda 90 kishi koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda SSV.

Kecha birgina Toshkent shahrida 74 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Toshkent viloyati (7 ta), Buxoro (4 ta), Surxondaryo (2 ta), Andijon (2 ta), Qashqadaryoda (1 ta) ham kovidga chalinish holatlari qayd etildi.

Hafta boshidan beri kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda: 16 iyunda — 59 ta, 15 iyunda 57 ta, 14 iyunda esa — 39 ta holat aniqlangan.

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 239,5 mingtani tashkil etdi. Shundan 99 foizi tuzilgan — 237,6 ming kishi.