2 may, Ramazon hayiti kuni O‘zbekistonda atigi bir kishida koronavirus aniqlandi — Toshkentda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Bu o‘sha kuni kam sonli testlar olinganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

1 may kuni koronavirus holatlari soni 19 tani (poytaxtda 14 ta, Toshkent viloyatida 5 ta), 30 aprel kuni esa 12 tani (Toshkentda 5 ta, viloyatda 7 ta) tashkil etdi. Oldingi kunlari ham yangi koronavirus holatlarining kunlik statistikasi 20 ta holat atrofida edi.

2020 yil 15 martdan boshlab rasmay tasdiqlangan koronaivrus holatlari soni 238628 taga yetdi. Kovid asoratlari natijasida vafot etganlar soni 1 martdan beri (Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra) o‘zgarayotgani yo‘q va 1637 nafarni tashkil etmoqda.