23 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94 taga ko‘paydi, deb xabar bermoqda SSV.

Payshanba kuni Farg‘ona va Xorazmdan tashqari respublikaning barcha hududida kovid holatlari aniqlani. Shundan eng ko‘pi — Toshkent shahri (41 ta), eng kami Sirdaryo viloyati (2 ta) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hafta boshidan beri virus yuqtirib olganlar statistikasi yuqoriligicha qolmoqda. Jumladan, dushanba kuni — 87 kishida, seshanba kuni — 82 kishida, chorshanba kuni — 98 kishida PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 holati 239 993 tani tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 237 811 nafar bemor sog‘aygan.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlangani ma’lum bo‘ldi. SES rahbari COVID-19 bilan kasallanish dinamikasida sezilarsiz o‘sish kuzatilgani, biroq vaksinatsiya va revaksinatsiya jarayonlarini tezlashtirish muhimligini qayd etdi.