11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida Qozog‘iston fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijliklarning davlat chegarasini kesib o‘tishiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi. Bu qaror 6 aprel kuni Qozog‘istonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi munosabati bilan qabul qilindi, deya xabar berdi Qozog‘iston bosh vaziri sayti.

Shuningdek, Qozog‘iston davlat chegarasini havo orqali kesib o‘tish bo‘yicha ham barcha cheklovlar olib tashlandi.

Bunda Qozog‘iston fuqarolari va mamlakat hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijliklar hamda o‘zaro emlash pasporti mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari uchun PZR usulidan foydalangan holda Covid-19 testining manfiy natijasi, sertifikat yoki emlashning to‘liq kursini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjatni (pasportni) majburiy taqdim etish, Covid-19 ga qarshi qayta emlash talabi saqlanib qoladi.