Yakshanba kuni O‘zbekistonda 22 ta koronavirus infeksiyasi holati aniqlandi, ulardan 11 tasi Toshkent shahrida, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shanba kuni esa respublikada 69 (poytaxtda — 31), juma kuni — 40 (19) holat qayd etilgan.

2020 yil mart oyidan beri qayd etilgan Covid-19 holatlarining umumiy soni 237,2 mingtani tashkil etadi.

Foto: SSV

Shuningdek, yakshanba kuni ham 2 ta pnevmoniya holati aniqlandi (shanba kuni — 3, juma kuni — 2).

1 martdan beri koronavirus ta’siridan o‘lim holatlari qayd etilgani yo‘q. Hozirda rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1637 tani tashkil etmoqda.