14 mart kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Dushanba kuni 21 nafar kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval — 20 kishi), 2 kishi pnevmoniyaga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Yangi kasallanishlar faqatgina, Andijon va Samarqand viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etildi.

Eng ko‘p kasallanish Toshkent shahrida (18 kishi) aniqlangan. Qolgan ikki viloyatda koronavirus qayd etilganlar soni 3 nafarni tashkil etadi.

Respublikada ushbu kasallikdan vafot etganlar qayd etilmagan.


Foto: SSV

Hozirda rasmiy belgilangan kasallanganlarning umumiy soni 237281 nafarga yetgan.