16 iyun, payshanba kuni O‘zbekistonda 59 kishining kovidga topshirgan PRZ-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, deb xabar berdi SSV. Bu so‘nggi kunlardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Kasalliklar sonining ortishi keyingi uchinchi kun davomida kuzatilmoqda: 15 iyunda 57 ta holat aniqlangan, 14 iyunda esa — 39 ta.
Eng ko‘p yangi kasallanish holatlari 16 iyun kuni Toshkentda aniqlangan — 45 ta (bir kun avval — 44). Boshqa hududlarda bu ko‘rsatkichlar 1−4 ta holatni tashkil etmoqda.
Koronavirus infeksiyasi oqibatida ro‘yxatga olingan rasmiy o‘limlarning umumiy soni 1637 nafarni tashkil etadi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 239,4 mingtani tashkil etdi.