19 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yana 93 kishida qayd etildi, deb xabar berdi SSV. Rasmiy statistikaga ko‘ra, bugungi kunga kelib 2013 bemor kovidga qarshi davolanmoqda.

So‘nggi besh kun ichida kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda: 18 iyunda — 108 kishida, 17 iyunda — 90 kishida, 16 iyunda — 59 ta, 15 iyunda 57 ta, 14 iyunda esa — 39 ta holat aniqlangan.

Yakshanba kunieng ko‘p holat poytaxtda qayd etildi — 70 ta. Boshqa hududlarda esa kunlik kasallanish soni 6 tadan oshmagan — Toshkent viloyati (6 ta), Buxoro (6 ta), Samarqand (4 ta), Andijon (3 ta), Qashqadaryo (2 ta), Namangan (2 ta).

Kun davomida 58 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi, shanba kuni esa bu ko‘rsatkich 56 ta edi.

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 holati 239726 tani tashkil etmoqda, shundan 237713 bemor tuzalgan.