O‘zbekiston va Kozog‘iston tomonlari emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olishni kelishib oldi. Bu xaqda «Gazeta.uz»ga Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lum qildi.

Ikki tomon hukumati davlatlar hududini COVID-19 virusining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimligini ta’kidladi va quyidagilarga kelishib oldi:

  • Endilikda ikki mamlakat o‘rtasida PZR usuli bo‘yicha COVID test natijasi salbiy bo‘lgan sertifikatlarni taqdim etish talab etilmaydi. Bunda faqat emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar mavjud bo‘lishi kerak;
  • Shuningdek, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga hamroh bo‘lgan shaxslar uchun emlash sertifikatlari mavjud bo‘lsa, PZR-testidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish shart emas.
  • Mazkur yoshdan oshgan bolalar, hamrohlik qiluvchi shaxslarga bu qoida amal qilmayodi. Ularning emlash sertifikatlari bor-yo‘qligidan qatiy nazar, PSR-testidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari shart.

Avvalroq, Tojikiston, Buyuk Britaniya va Turkiya O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olishini ma’lum qilingandi.