22 mart, seshanba kuni O‘zbekistonda 7 nafar kishida koronavirus aniqlandi, pnevmoniya qayd etilmadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Namangan viloyatida va 5 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Boshqa hududlarda koronavirus bemorlari qayd etilmagan.

Bu 2020 yil 26 apreldan keyingi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Pandemiya boshidan koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 237 527 kishiga yetdi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar jami 235 187 kishiga yetdi, sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

21 mart kuni O‘zbekistonda 12 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.