9 mart kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilmadi, deb xabar berdi SSV.

Chorshanba kuni infeksiyasi 14 kishida qayd etilgan, bu bir kun oldingi holatga qaraganda 37 taga kamroq.

Kun davomida Toshkent shahrida (6 ta), Surxondaryoda (5 ta), Andijonda (2) va Navoiyda (1 ta) aniqlandi.

Pandemiya boshlangandan beri virusga chalinganlarning umumiy soni 237 mingdan sal oshdi.

Sog‘ayganlar soni esa 234 mingdan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kecha 3 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.