dayjest

Toshkent ko‘chmas mulk bozoridagi pufak qachon yoriladi?

Toshkentda turar joy narxi yiliga 20 foizga oshmoqda. Aksariyat xaridorlarning fikricha, poytaxt ko‘chmas mulk bozorida pufak hosil bo‘lgan va u yorilish arafasida. O‘zi pufak qanday hosil bo‘ladi? U haqiqatan ham bormi? Uy sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak? Tahlilchi Denis Sokolov maqolasi shu haqda.


dayjest

Toshkent shahri hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi

Poytaxt hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi. U qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 2 mingdan ortiq foto va video qayd etish tizimini o‘rnatadi, transport kompleksi uchun yagona reklama maydoni, pullik to‘xtash joylari va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasi yaratadi.


dayjest

Prezident yangi Tashkent City Mall savdo markazini borib ko‘rdi (foto)

Prezident hukumat, parlament a’zolari va boshqa rasmiylar hamrohligida yangi Tashkent City Mall majmuasini borib ko‘rdi. U do‘konlar, o‘yin maydonlari, fitnes markazi, mamlakatdagi birinchi IMAX kinoteatri va 31 qavatli mehmonxonani aylanib chiqdi, boshqa shaharlarda ham bunday markazlar zarurligini aytdi.


dayjest

O‘zbekistonda qishdagi harorat me’yordan 2,6 darajagacha yuqori bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda 2023−2024-yillarning qishidagi havo harorati 1,5−2,6 daraja yuqori bo‘ldi. Fevral o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi, dekabrda esa eng past harorat kuzatildi.


dayjest

O‘zbekistondagi maktablarning 70 foizi kanalizatsiya tizimiga ulanmagan — MHTI

O‘zbekistondagi maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan, 70,5 foizida “vodoprovod” mavjud, maktablarning 4,6 foizi umuman yaroqsiz holatda, umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan, deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.


dayjest

Gaagadagi Xalqaro sud ikki rossiyalik qo‘mondonni hibsga olishga order berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasi va Qora dengiz floti qo‘mondonlarini harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilib, hibsga olishga order berdi. Sud ular o‘tgan qishda Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan raketa hujumlari uchun javobgar, deb hisoblaydi.


dayjest

Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda — “TASS”

Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”.


dayjest

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

O‘zbekistonda BMTning rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etililadi. Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi.


dayjest

Prezident 8-mart munosabati bilan 74 nafar xotin-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi

Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi. (To‘liq ro‘yxat)


dayjest

Farg‘onadagi qabristonda 62 tup daraxt obodonlashtirish xodimlari tomonidan kesib tashlangani aniqlandi

Quva tuman tumanidagi qabristondagi 62 tup archa daraxti tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan ostidan kesib tashlangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

O‘zbekistondagi o‘quvchilarining 33 foizi ikkinchi va uchinchi smenalarda o‘qimoqda

O‘zbekistonda 1 ta o‘quvchi o‘rniga 1,2 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda, oqibatda ikkinchi va uchinchi smenadagi o‘quvchilar soni 2,1 mlndan ortiqni tashkil etmoqda, (jami o‘quvchilarning 33 foizi) deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.


dayjest

“Mushtum” jurnali va uning tarmoqlardagi sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

101 yildan buyon yashab kelayotgan “Mushtum” jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Tahririyat buning sababini “iqtisodiy qiyinchiliklar”, deya izohladi. Jurnal faoliyati ma’lum vaqtga to‘xtatilganiga oid xabar tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.


dayjest

Toshkentda avtomobillarga yopishtiriladigan “qizil”, “sariq” va “yashil” yorliqlar qanday ishlaydi?

O‘zbekiston poytaxtidagi ekologik vaziyatdan kelib chiqib, shahar hududi ekologik hududlarga ajratiladi. Transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga qarab ularga yorliq yopishtiriladi. Yorliq rangiga qarab ayrim ekologik zonalarga kirish bosqichma-bosqich cheklanadi. Video.


dayjest

O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 146-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.


dayjest

YI va BMT Taraqqiyot dasturi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga baliq yetishtirishni yaxshilovchi uskunalar topshirdi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga suv sifati sensorlari, filtrlash va tozalash tizimlari, shuningdek, intensiv baliq yetishtirish uchun quyosh suv isitgichlarini taqdim etdi.


dayjest

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi

Hokimlarning yer ajratish vakolati tugaganiga 2,5 yil bo‘ldi. Biroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li"ning o‘rnini “bino va inshootlarni” berganlik niqobi ostida ajratib berib, prezident qaroriga noto‘g‘ri ishora qildi. Yer topshirilgan kompaniya qaror chiqishidan 24 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan.


dayjest

O‘zbekistonning beshta shahrida bolalar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv sinovdan o‘tkazildi

Qo‘qon (Farg‘ona), Zarafshon (Navoiy), Termiz (Surxondaryo), Yangibozor (Xorazm) va Bo‘ston (Qoraqalpog‘iston) shaharlarida “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi sinovdan o‘tkazildi. U hokimiyat organlarning yoshlar manfaatini ta’minlovchi qarorlar qabul qilishini ta’minlashga qaratilgan.


dayjest

Toshkent viloyatidagi 2 ta maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi

Angren shahridagi 2 ta maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi. Avvalroq Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev telefondan foydalanishni taqiqlagan maktabga 300 mln so‘m va’da qilgandi. Hokimlikka ko‘ra, bu orqali “o‘quvchilarning e’tibori bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi”.


dayjest

Kanada hospisidagi bemor o‘limidan oldin “Dyuna 2” filmini ko‘rishni istadi. Film rejissyori premeradan 1,5 oy oldin unga film nusxasini jo‘natdi

Kanadadagi hospis asoschisi Facebook`da bemorlardan biri vafotidan oldin “Dyuna 2” filmini ko‘rishni istayotgani haqida yozdi. Film rejissyori Deni Vilnyov premeradan 1,5 oy oldin unga assistenti orqali film nusxasi va kompyuterini yubordi. Bemor filmni tomosha qilganidan bir necha kun o‘tgach vafot etdi.


dayjest

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi

Viloyat hokimi qarori asosida Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” 24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgandi. Davaktiv agentligi o‘rganishlar natijasida mazkur holatda bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi. Shu sababli yer maydoni Sport vazirligi balansiga qaytariladi.


dayjest

Qirg‘izistonda jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdori oshirildi

Qirg‘iziston hukumati jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdorini uch baravar — 33,5 dollargacha oshirdi. Bolalarga tamaki mahsulotlari sotganlik uchun jarima miqdori ham oshirildi.


dayjest

XDP Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnidagi qurilishga qarshi chiqdi

XDP Yunus Rajabiy mahallasidagi futbol maydoni va yashil hududni buzib, o‘rnida bino qurishga qarshi chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur vaziyat haqida yozgandi. Partiya Toshkent shahri hokimligiga so‘rov yuborib, sobiq hokim qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli — “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi.