Toshkent viloyati Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumta’lim maktablarida “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Fevral oyi oxirida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 million so‘m va’da qilgandi. Uning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi.

Mazkur taklif ijrosini ta’minlash bo‘yicha Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumta’lim maktablarida “Telefonsiz maktab” tizimi yo‘lga qo‘yildi. Hokimlik xabariga ko‘ra, bu usul orqali “o‘quvchilarning e’tibori o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi”.

Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi. Telefondan ta’lim muassasasida umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surildi va barcha tomonidan birdek ma’qullandi, deyiladi xabarda.

Foto

maktabлардаги telefonлар, telefonсиз

maktabлардаги telefonлар, telefonсиз

maktabлардаги telefonлар, telefonсиз

maktabлардаги telefonлар, telefonсиз