Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni poytaxt bo‘ylab tashrifi chog‘ida Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga Senat va Qonunchilik palatalari rahbarlari, bosh vazir, vazirlar, respublika tashkilotlari rahbarlari, Toshkent shahar hokimi v.b. va boshqalar hamrohlik qildi.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

“Majmua ko‘p funksiyali bo‘lib, zamonaviy tijorat va xizmat turlarini qamrab olgan. 5 qavatda savdo do‘konlari, restoran va kafelar, ko‘ngilochar o‘yinlar va sport maydonlari joylashgan. Yer ostida 2 qavatli avtoturargoh bor”, — deyiladi xabarda.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Markazda dunyoning eng oldi brendlari shoxobchalarini ochgan. Ular orasida birinchi marta O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotganlari ham talaygina, deyiladi xabarda.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Markazda bolalar va kattalar uchun yopiq o‘yingohlar mavjud. Shuningdek, 14 ta kinoteatr tashkil etilgan.tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Prezident shu yerda ochilgan mamlakatdagi ilk IMAX kinoteatri bilan tanishdi (ushbu kinoteatr haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin) va qisqa metrajli film tomosha qildi.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Majmua kuniga 60 ming kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 3000 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Shavkat Mirziyoyev markazga kelganlar bilan suhbatlashdi, bolalar bilan suratga tushdi. Davlat rahbari yangi majmua tarkibiga kiruvchi 31 qavatli besh yulduzli mehmonxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Mehmonxona bir vaqtning o‘zida 500 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Unda 273 ta standart, shuningdek, yuqori darajadagi mehmonlar uchun xonalar mavjud.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

Shuningdek, mehmonxonada katta va kichik konferensiya zallari, ochiq va yopiq basseynlar, restoran va kafeteriya xizmati bo‘ladi. Binoda aqlli uy tizimi va tezyurar liftlar mavjud.

Mehmonxona may oyida ochilishi rejalashtirilgan. Bu yerda yana 500 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi, deyiladi xabarda.

tashkent city mall, тошкент, шаvкат мирзиёеv

“Xalqimizga zamonaviy xizmatlar taqdim etadigan bunday markazlarni mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham barpo etish muhimligi aytildi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.