O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda o‘zbekistonliklar Tojikiston bilan asosiy vaqtda 5:5 hisobida durang natijani qayd etdi. Gollarga Ilhomjon Hamroyev, Elbek To‘lqinov, Mehroj Xudoyberdiyev, Ixtiyor Ropiyev va Akbar Usmonov mualliflik qildi.
Penaltilar seriyasida esa 1:3 hisobi qayd etildi.
Shuningdek, futzal bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi ishtirokchisi ham ma’lum bo‘ldi. Afg‘oniston Qirg‘izistonni 5:3 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda o‘tadigan JCHning barcha 24 ta ishtirokchisi: Angola, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kuba, Fransiya, Gvatemala, Qozog‘iston, Liviya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Portugaliya, Ispaniya, Ukraina, O‘zbekiston, Venesuela, Tojikiston, Eron, Tailand va Afg‘oniston.