5-mart kuni Qo‘qon (Farg‘ona viloyati), Zarafshon (Navoiy), Termiz (Surxondaryo), Yangibozor (Xorazm) va Bo‘ston (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) shaharlarida “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” (BYDMB) tashabbusi asosida loyiha natijalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNICYeF tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu innovatsion tashabbus Farg‘ona, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yuksalish” harakati va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazildi va amalga oshirildi.

Bu tashabbus mahalliy hokimiyat organlarining bolalar va yoshlar manfaatlarini izchil ta’minlovchi qarorlar qabul qilishini ta’minlashga qaratilgan. Hokimiyat vakillari, qizlar va o‘g‘il bolalar, yosh ayollar va erkaklar bolalar va yoshlar huquqlari hurmat qilinadigan sog‘lom, g‘amxo‘r, xavfsiz, o‘rganish imkoniyatlari bo‘lgan, rag‘batlantiradigan, kamsitishlardan holi va inklyuziv muhitlarni yaratish uchun birgalikda harakat qildi.

“O‘zbekistonda yosh avlodning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Respublikaning 5 ta shahri ushbu Tashabbus doirasida bolalar va yoshlarning farovonligi bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayonlarida ularning bevosita ishtirok etishiga tizimli yondashishdi. Mahalliy hokimliklar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmi paydo bo‘ldi. Bu mexanizmni kelgusida boshqa shaharlarda ham qo‘llash mumkin”, — dedi “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov.

bolalar va yoshlar, юнисеф

2022−2023-yillar davomida mahalliy hokimiyat organlari bolalar va yoshlarning, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan dasturlarni rejalashtirishda milliy va xalqaro ekspertlardan texnik yordam oldi. Shaharlarda Yoshlar maslahat kengashlari tashkil etilgan bo‘lib, ular 10000 dan ortiq bolalar va yoshlar bilan onlayn platformalar va yuzma-yuz uchrashuvlar orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishga ko‘maklashdilar.

Yoshlarning shaxsiy muammolarini hal etishdan ko‘ra, shaharlardagi barcha bolalar va yoshlarni qamrab oluvchi ijtimoiy muammolarni muhokama qilish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlarining muqobil formati qo‘llanildi.

Yakuniy tadbir o‘tgan ikki yil davomida erishilgan yutuqlar, ilg‘or tajribalarni taqdim etish va saboqlarni muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi. Shu tariqa, viloyatlardagi hokimiyat vakillari va yoshlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni ekologik muammolarni hal etish va kelajakning IT-kasblariga jalb qilish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Nogironligi bo‘lgan bolalarning kelgusida bandligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, qiz va o‘g‘il bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarda to‘g‘risida so‘z yuritildi.

bolalar va yoshlar, юнисеф

“Ushbu tashabbus ajoyib natijalar berdi. Masalan, ekologiyani saqlash, bolalarning dam olishi va ta’lim olishi uchun sharoitlarni yaxshilash chora-tadbirlariga yoshlar hissa qo‘shdilar. Ular nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va sharoitlarni yaxshilash masalalarini ilgari surdilar.Tashabbusning asosiy yutug‘i shundaki, mahalliy hukumat bolalar va yoshlarning fikrlarini e’tiborga oldi va ular bilan hamkorlikda o‘z shaharlarida yoshlarning ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zgarishlarni amalga oshirdi”, — dedi YUNICYeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba.