Toshkent shahri havo ifloslanishi darajasidan kelib chiqib ekologik zonalarga ajratiladi. Transport vositalariga esa “qizil”, “sariq” va “yashil” yorliqlar (stikerlar) yopishtiriladi. Bu qanday ishlashi haqida shahar hokimligi video e’lon qildi.

5-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishuvi chog‘ida Toshkent shahri Mirobod tumani Fayzobod mahallasida joylashgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi diagnostika markaziga aylantirilishi ma’lum qilindi.

avtomobillarга yorliq, ekologik hududlar, havo ifloslanishi

Transport vositalariga ekologik diagnostika natijasidan kelib chiqib “qizil”, “sariq” va “yashil” yorliq transport vositasining old oynasiga yopishtiriladi. “Markaz ishining ushbu sxemasini amalga oshirish korrupsiyaning oldini oladi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Butun shahar bo‘ylab havoning ifloslanish darajasini o‘lchovchi datchiklar o‘rnatiladi. Ular shaharning ekologik xaritasini shakllantirish imkonini beradi. Har bir hududda ifloslanish darajalari ko‘rinib turadi. Bu axborotdan transport harakatini boshqarish uchun foydalaniladi. Yorliqlar rangiga bog‘liq ravishda harakati turli darajada cheklangan hududlar yaratiladi. Masalan, “yashil” hududlarga faqat “yashil” yorliqli avtomobillar kira oladi.

Ekologik zonalarga ajratilgan shahar xaritasiEkologik zonalarga ajratilgan shahar xaritasi

Ekologik hududlarda harakat qoidalarini buzganlik uchun jarimalar nazoratning jiddiy vositasi bo‘ladi. Jarimalardan tushgan mablag‘lar shahardagi ekologik vaziyatni yanada yaxshilashga, ko‘kalamzorlashtirish va ekologik infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Video