Germaniyaning g‘arbiy qismida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqin yuzdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Reynland-Pfals federal yerida kamida 63 kishi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 43 kishi vafot etgan. Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya va Gollandiya bilan chegaralarga yaqin bo‘lgan bu ikki mamlakat tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rdi, deya xabar bermoqda Meduza Focus ma’lumotlariga tayanib.

Bedarak yo‘qolganlar to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan xabarlar mavjud. 15 iyul kuni toshqin yuz berganida, ikki federal hududda ofat zonasida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik, Reynland-Pfalsdagi Arvayler tumani ma’murlari 1300 ga yaqin odam bedarak yo‘qolganligini e’lon qilishgan.

Hududda mobil aloqa mavjud emas, shuning uchun rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayapti.

Suv toshqini tufayli butun Germaniya bo‘ylab o‘tadigan A1 avtobani qisman qulab tushgan. Erftshtadt-Blessem hududida yo‘lning 40 metrli qismi daryoga qulagan. O‘sha paytda unda mashinalar bo‘lmagan. Erftshtadt-Blessemda bir nechta uylar va tarixiy qal’a zarar ko‘rgan. Arvayler tumanida ba’zi ko‘priklar qulagan,ayrimlaridan o‘tishning iloji yo‘q. Ularni vaqtincha inshootlar bilan almashtirilish rejalashtirilgan.

Reynland-Pfals fedaral yeri ma’muriyati buzilgan yo‘llar, ko‘priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlash uchun 50 mln yevro ajratdi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya okrugi hukumati ham bunga tayyorlanmoqda.

Shimoliy Reyn-Vestfaliya bosh vaziri, Germaniya Federativ Respublikasi kansleri nomzodi Armin Lashet voqeani «tarixiy miqyosdagi toshqin» deb atadi.

Sinoptiklarning taxmin qilishicha, yaqin kunlarda Germaniyada yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 17−18 iyul kunlari Bavariyaning janubi-sharqida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda.