Afg‘oniston mojarosi

  • «RIA Novosti»ning AR’ga tayanib xabar berishicha, «Tolibon» harakati Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatilishi uchun mamlakatda yangi hukumat tuzilishi va prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi zarur deb hisoblaydi. Keyinroq harakat rasmiy vakili Muhammad Naim ushbu xabarni rad etdi.
  • Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, «toliblar, ba’zi taxminlarga ko‘ra, Afg‘onistonning 70−80 foizgacha [hududlarini] nazorat qilmoqda». TASSning AFP’ga tayanib «toliblar Afg‘onistonning 90 foiz chegaralarini nazorat qilayotgani haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri va «yolg‘on tashviqot» ekanligi haqida yozmoqda. «Bu hech narsaga asoslanmagan targ‘ibot. Nazorat Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining ostida. Chegara bo‘ylab barcha yirik shaharlar, shuningdek, asosiy yo‘nalishlar kabi, bizning nazoratimizdadir», deya keltiradi nashr Afg‘oniston mudofaa vazirligi vakili Favad Amanning so‘zlarini.
  • Afg‘oniston hukumat kuchlari mamlakatning Hirot viloyatidagi Karux tumanini toliblardan ozod qildi, deya yozmoqda Interfaks. «Terrorchilar katta yo‘qotishlarga duch kelishdi va hududni tark etishdi. Tuman endi to‘liq Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari nazoratida», — dedi Favad Aman.
  • AQSh rasmiylari 35 mingga yaqin afg‘onistonlik aholini Quvayt va Qatardagi ikkita harbiy bazaga joylashtirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal. Ushbu harbiy obyektlarda afg‘onlar kamida 18 oyga vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlanadi. Shu paytda Amerika immigratsion vizalarini berish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.
  • Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi Spin-Boldak hududi «Tolibon» harakati jangarilari tomonidan qo‘lga olingandan keyin noma’lum shaxslar yuzdan ortiq tinch aholini o‘ldirdilar. Bu haqda RIA Novosti Tolo News’ga tayanib yozmoqda.
  • Iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1574 nafar qochqinlarni qabul qildi. Keyinchalik ular charter reyslari bilan Kobul va Mozori-Sharifga qaytarilgan. Mamlakat chegaradosh hududlardan 100 mingga yaqin afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor.

Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlar tugatildi

Ro‘yxatga «Huquqiy transformatsiya markazi», «Yevropa ekspertiza va kommunikatsiyalari idorasi», Human Constanta, «Atrof-muhit bo‘yicha yechimlar markazi», «Jivaya biblioteka (Jonli kutubxona)» samarali aloqalarni rivojlantirish markazi, «Imena (Ismlar)» media-platformasi, Youth Labor Rights, European Youth Parliament, «Yevropa suhbati» markazi, Press Club Belarus, «Nogironlar huquqlari bo‘yicha idora», «Yevropa suhbati» tadqiqotlar va rivojlanish prognozlari markazi va boshqa nodavlat tashkilotlar kiritilgan. Shuningdek, mamlakat Adliya vazirligi Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyevich boshchiligidagi Belarus PEN-markazi va Belarus jurnalistlari uyushmasini tugatish tashabbusi bilan chiqdi. — Vesna.

10 iyuldan boshlab Belarusda OAV vakillari, tahririyatlar, nodavlat tashkilotlar va inson huquqlari himoyachilari idoralarida 60 dan ortiq tintuvlar o‘tkazildi. Tergov qo‘mitasi OAV va NNTda o‘tkazilgan tintuvlarni ularning yashirin moliyaviy sxemalarga aloqadorligi bilan izohladi.


Hindistonning Maxarashtra shtatida kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan o‘pirilishda 35ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakat ichki ishlar idoralariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan hududdagi vaziyat og‘ir bo‘lib qolmoqda, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. Ba’zi temir yo‘llarini suv bosgan, bu esa poyezdlar qatnovini to‘xtatdi. Yo‘lovchilar shaharlarga avtobuslar orqali yetkazilmoqda. — The Times of India.


Tokioda Olimpiadani bekor qilish talabi bilan namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Olimpiada ochilish marosimi fonida Tokio ko‘chalarida koronavirus tarqalish xavfi tufayli o‘yinlarni bekor qilish talabi bilan namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar «Olimpiadani to‘xtating» shiori ostida, shuningdek, «Olimpiadaga yo‘l yo‘q» va «Olimpiadani bekor qiling, hayotingizni saqlang» yozuvlari aks etgan plakatlarni ko‘tarib, ko‘chalar bo‘ylab yurishmoqda. Ta’kidlanishicha, bir guruh faollar Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadigan Yangi milliy stadioni oldida ham to‘plangan. — Interfaks.

Shunigdek: Tokio-2020 XXXII Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sergey Bobыlev/TASS

Foto: XOQ raisi Tomas Bax, Yaponiya imperatori Naruxito

Foto: Olimpiya o‘yinlarining shiori «Tezroq, yuqoriroq, kuchliroq — birgalikda»


Foto: Carl Court/Getty Images


Shuningdek:

  • JARdagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni 337 nafarga yetdi.
  • Xitoyning Xenan provinsiyasida toshqinlar qurbonlari soni 55 nafarga yetdi. Kuchli yomg‘irlar provinsiyadagi 44 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazdi. 9 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi, yana 19 ming kishi boshqa hududlarga ko‘chiriladi.
  • Yevropa Ittifoqi 12−17 yoshdagi o‘smirlarga Moderna vaksinasini qo‘llashga ruxsat berdi.