24 iyul kuni Afg‘oniston hukumati «Tolibon» faoliyatini to‘xtatish maqsadida mamlakatdagi 31 ta viloyatda komendantlik soati e’lon qildi, deb xabar bermoqda Ariana News.

Afg‘oniston IIV matbuot kotibi o‘rinbosari Ahmad Ziyo Ziyoning so‘zlariga ko‘ra, komendantlik soati darhol kuchga kirgan va soat 22:00 dan tongi 4:00 gacha davom etadi.

«Xavfsizlik [vaziyati]dan kelib chiqib, rasmiylar 31 ta viloyatda komendantlik soatini e’lon qilishdi. Qaror „Tolibon“ askarlari harakatlanishini cheklash maqsadida qabul qilingan», — dedi Ziyo.

Ushbu cheklovlar Qobul, Nangarxar va Panjsher viloyatlariga taalluqli emas.

Qolaversa, fuqarolik jamiyati vakili Shamila Mashal Nijrab, Alaxsay, Tagob tumanlarida afg‘on hukumati va Tolibon o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida bir qancha oilalar ko‘chirilganini xabar qilgan.U shuningdek, mahalliy aholi ushbu vaziyatda hukumat qanday chora ko‘rmoqchi ekanligini bilishni xohlayotganini aytgan.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, so‘nggi bir necha kun ichida Lagman, Nangarxar, Nuriston, Kunar, G‘azni, Hirot, Balx, Jauzjon, G‘ilmon, Qandahor, Paktiya, Qunduz va Kapisa viloyatlarida jangari harakatlar olib borilgan.

Mazkur hududlarga qo‘shimcha ravishda Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida G‘azni, Vardak, Taxar, Qunduz, Kunar, Lagman, Hirot, G‘ilmon va Nuriston tumanlarida ham to‘qnashuvlar davom etmoqda.