Jahon

Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi
3 iyul 2021, 09:15

Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi

30 iyun kuni Germaniya askarlarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni tark etdi. GFR mudofaa vaziri buni «muhim tarixiy voqea» deb atadi. «Biz Afg‘onistondan tezda yevropacha namunadagi davlatni yarata olamiz, degan noto‘g‘ri taassurotni uyg‘otdik», — dedi u. Vazir shuningdek, NATO ittifoqdoshlari Afg‘onistonga boshqa yo‘llar orqali yordam berish haqida bosh qotirayotganini ham ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 iyul 2021, 21:36

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda federal darajada o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgani, Parijdagi «Sharl-de-Goll» aeroportida ish tashlash, Braziliya parlamentining ayollarga nisbatan psixologik zo‘ravonlikni jinoyat deb tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 9000 ga yaqin afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg
2 iyul 2021, 17:44

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 9000 ga yaqin afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan AQSh harbiy kuchlari bilan ishlagan va hozirda «Tolibon» qasosidan qo‘rqayotgan 9000 ga yaqin afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni iltimos qilib murojaat qildi, deb yozadi Bloomberg.

Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT
2 iyul 2021, 11:38

Pandemiya tufayli turizm $4 trln yo‘qotishi mumkin — BMT

COVID-19 pandemiyasi tufayli xalqaro turizm to‘rt trln dollar zarar ko‘rishi mumkin. Turizm sohasining tiklanishi ko‘p jihatdan vaksinalardan foydalanish imkoniyatining mavjudligiga bog‘liq, deya hisoblaydi BMT ekspertlari.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 iyul 2021, 21:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyning 100 yillik maqsadiga erishgani, AQShda 80 ga yaqin kishining issiqlik tufayli vafot etgani, 2020 yilda dunyodagi millionerlarning umumiy boyligi 79,6 trln dollarni tashkil etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kanadada jazirama ob-havo tufayli 500 ga yaqin kishi vafot etdi
1 iyul 2021, 17:00

Kanadada jazirama ob-havo tufayli 500 ga yaqin kishi vafot etdi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida so‘nggi besh kun ichida 500 ga yaqin o‘lim holatlari qayd etildi. Aksariyat hollarda odamlar anomal issiq ob-havo tufayli vafot etgani aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 iyun 2021, 21:29

Jahon yangiliklari dayjesti

YeOIIda ish qidirishning yagona tizimi joriy etilishi, JSST Xitoyni bezgakdan holi mamlakat deb e’lon qilgani, Kanadada rekord darajadagi issiqlik qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 iyun 2021, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Estoniya prezidentining BMTda ayollar va bolalar huquqlari jahon himoyachisi bo‘lgani, Pokistonda TikTok’ning bloklangani, Belarusning «Sharqiy sheriklik» tashabbusidagi ishtirokini to‘xtatayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari soni 30 foizga qisqartiriladi
29 iyun 2021, 15:56

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari soni 30 foizga qisqartiriladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Davlat apparati hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruvning davlat organlari tuzilmasining optimallashtirilishi, takrorlanadigan va keraksiz funksiyalarning yo‘q qilinishi, shuningdek, davlat apparatini saqlash uchun byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 iyun 2021, 20:52

Jahon yangiliklari dayjesti

Bir guruh Afg‘oniston harbiylarining Tojikiston chegarasidan o‘tgani, Shvetsiya bosh vazirining iste’fosi, Hindistonning 50 ming nafar harbiyni Xitoy bilan chegara hududiga safarbar qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi
28 iyun 2021, 17:51

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi

Moskvada migrantlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Hozirda ular «Sputnik Layt» bilan emlanmoqda va vaksina uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi
28 iyun 2021, 11:06

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi

Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin. Kod koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
25 iyun 2021, 20:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Chexiyada yuz bergan tornado oqibatida 200 ga yaqin kishining jarohatlangani, AQShning Afg‘onistonda 650 nafarga yaqin harbiyni qoldirayotgani, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi emlandi
25 iyun 2021, 18:27

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi emlandi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. U qozog‘istonliklarni vaksina olishdan qo‘rqmaslikka chaqirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 iyun 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

JSSTning bolalar va o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda majburiy emlanishdan bosh tortganlarning jarimaga tortilishi, Efiopiyada havo hujumi natijasida 80ga yaqin kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi «Sherxon-Bandar» punkti tolibon nazoratiga o‘tdi
23 iyun 2021, 15:16

Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi «Sherxon-Bandar» punkti tolibon nazoratiga o‘tdi

21 iyun kuni tolibon Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi «Sherxon-Bandar» nazorat o‘tkazish punktini egalladi, 134 nafar afg‘on harbiylari qo‘shni davlat hududiga chekindi. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakatlar o‘rtasidagi chegara liniyasidagi vaziyatni keskin deb baholamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 iyun 2021, 21:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Abu Dabida sayyohlarning COVID-19'ga qarshi bepul emlanishi, Venetsiya va Budapeshtning «tahdid ostida» bo‘lgan Jahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi, Qorabog‘dagi Shusha shahriga Ozarbayjon qo‘riqxonasi maqomining berilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi
22 iyun 2021, 18:18

Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonning YeOIIda to‘laqonli ishtirok etishi iqtisodiyot o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Uchrashuvda, yangi o‘quv yilidan O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining yana uchta filiali ochilishi, Rossiyadan yana 200 nafar o‘qituvchilar O‘zbekistonga yuborilishi ma’lum qilindi.

Gruziya va Turkiyada komendantlik soati bekor qilinadi
22 iyun 2021, 14:17

Gruziya va Turkiyada komendantlik soati bekor qilinadi

Gruziya va Turkiya huqumatlari koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan komendantlik soatini 1 iyuldan boshlab bekor qilmoqda. Bundan tashqari, Gruziyada tibbiy niqoblarni taqish majburiy bo‘lmaydi, Turkiyada esa jamoat transportidan foydalanishda yosh bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 iyun 2021, 21:26

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Ittifoqining Belarusga qarshi to‘rtinchi sanksiyalar to‘plami, Shvetsiya parlamentining ilk bor bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirgani, G‘arbiy Afrikada 2027 yilda umumiy pul birligi joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting